Breaking News

AQShda saylov natijalarining tashqi siyosatga ta'siri bormi?


AQSh Kongressi
AQSh Kongressi

Mutaxassislar fikricha, ba'zi masalalarda tashqi siyosat o'zgarishi, lekin umuman olganda bir xil qolishi kutilmoqda.

Kongressga saylovlardan so'ng Vashingtonda kuchlar nisbatining o'zgarishi AQSh tashqi siyosatida ham burilishlarga olib kelishi mumkin. Shu jihatdan saylovlar dunyoda katta qiziqish uyg'otgan. Lekin shu bilan bir qatorda saylov natijalari qanday bo'lishini bashorat qilish qiyin emas edi, demakki, ulardan hech kim hayratga tushmagan.

"AQShdagi saylovlar biz uchun juda muhim", - deydi britaniyaliklardan biri. "Jarayonda kim g'olib bo'lishidan qat'iy nazar hamkorligimiz davom etadi, degan umiddaman".

"Amerika hali ham dunyoda hukmron davlat. Undagi o'zgarishlar bizga ham ta'sir qilishi aniq. Ayniqsa, moliya bozorlarida", - deydi yana bir britaniyalik.

London va Germaniya birjalarida AQShdagi saylov natijalari osuda qabul qilingan, moliyaviy ko'rsatkichlarda katta o'zgarishlar bo'lmagan.

"Iqtisodiy jihatdan bu ijobiy hol, barqarorlikdan darak", - deydi Uoll Stritdagi moliyachi Oliver Rot.

Senatda saflari siyraklashgan, ammo hali ham ko'pchilikni tashkil etuvchi demokratlar Strategik qurollarni qisqartirish bitimini yangilashda ba'zi qiyinchiliklarga uchrashi mumkin, deydi Strategik izlanishlar bo'yicha xalqaro institut xodimi Dena Allin.

"Rossiya bilan imzolangan START bitimining Kongressda ratifikatsiya qilinish ehtimoli ancha pasaydi. Yevropalik ittifoqchilar bundan xursand bo'ladi deb o'ylamayman".

Eron yadro dasturi prezidentga yana bir bosh og'riq bo'ladi, deydi Allin.

"Eron bilan muzokara qilish uchun prezident qo'li bog'landi, desa mubolag'a bo'lmaydi, deydi u. Chunki buning uchun Qo'shma Shtatlar Eronga qo'yilgan sanksiyalarni bekor qilishi kerak, ularning aksariyati esa endilikda respublikchilar qo'liga o'tgan Kongress tomonidan joriy etilgan", - deydi Dena Allin.

Isroil va Falastin rasmiylari nazarida saylov natijalari Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga jiddiy ta'sir qilmasligi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG