Breaking News

Kim g'olib, kim mag'lub?


Amerika - bepoyon mamlakat. Sharqiy va g'arbiy sohillar orasida uch soat farq bor. Ovozlar sanalar ekan, Saylovchilar kollegiyasi ham kim tomonda ekani ayon bo'ldi. Florida shtatidan boshqa barcha shtatlarda natija aniq. G'olib - demokrat Barak Obama.

Obama va Romni nutqlari/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:54 0:00
Yuklab oling

Kentuki, G'arbiy Virjiniya, Indiana, Janubiy Karolina, Oklaxoma, Jorjiya, Tennissi, Arkanzas, Alabama, Nebraska, Vayoming, Kanzas, Luiziana, Janubiy Dakota, Texas, Shimoliy Dakota, Mississippi, Shimoliy Karolina, Yuta va Alyaska shtatlari respublikcahi Mitt Romni uchun ovoz bergan.

Vermont, Ilinoys, Konnektikut, Meyn, poytaxt Vashington joylashgan Kolumbiya okrugi, Delaver, Roud Ayland, Merilend, Michigan, Massachusetts, Nyu-York, Nyu-Jersi, Pennsilvaniya, Nyu-Gempshir, Minnesota, Nyu-Meksiko, Kaliforniya, Oregon, Vashington, Viskonsin, Ogayo, Kolorado, Nevada, Ayova, Virjiniya singari shtatlar amaldagi prezident Barak Obama tomonida.

Saylovchilarning 48,1 foizi Romni, 50,3 foizi Obama uchun ovoz bergan. G'olib chiqish uchun nomzod Saylovchilar kollegiyasining 270 ovozini qo'lga kiritish lozim.

So'nggi hisob: Obama - 303, Romni - 206.

Mitt Romni Barak Obamaga telefon qilib, mag'lubiyatni tan olgan va prezidentni g'alaba bilan tabriklagan.

AQSh Senatida demokratlar hukmronlikni saqlab qolgan, Vakillar Palatasi esa respublikachilar iznida qoladi.

Kongressdagi tarqoqlik, respublikachilar va demokrat prezident orasidagi tarang aloqa bois mamlakat byudjeti ma'qullanmagan, moliyaviy yetishmovchilik davom etmoqda va sog'liqni saqlash sohasidagi islohotlar sust.

Obama ikkinchi muddatda Kongress bilan ishlay oladimi? Bu muhim savol bo'lib qolmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG