Breaking News

Saylov-2016: Ayova shtati partiyaviy saylovlar arafasida


Saylov-2016: Ayova shtati partiyaviy saylovlar arafasida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:15 0:00

Ayova shtatidagi partiya qurultoyiga sanoqli kunlar qolarkan, respublikachi va demokrat da’vogarlar tarafdorlarini faol bo’lishga chaqirmoqda. Shundan ikki haftadan so’ng Nyu-Gempshir shtatida har bir partiya tarafdorlari ichki saylovlarda ovoz beradi.

Partiyalardan saylangan bittadan nomzod 8-noyabr kunga rejalangan umumxalq saylovda o’zaro bellashadi. Bugunga qadar poygada vaziyat qanday?

Milliarder Donald Tramp respublikachilardan nomzodlikka asosiy da’vogarlardan. Uning ziddiyatli, haqoratomuz bayonotlariga qaramay, ayrimlar nazarida tashqi siyosat haqida tushunchasi sayoz bo’lishiga qaramay, reytinglarda Tramp oldinda ketmoqda.

"Nyu-York markazida turib, birorta odamni otib qo’ysam ham saylovchilarim kamaymaydi”, - deydi Tramp maqtanib.

Noqonuniy immigratsiyaga qarshi qattiq turishi Trampning obro’sini oshirdi, deydi ayrimlar.

“Iqtisodiyotning hozirgi ahvolini hisobga oladigan bo’lsak, ish o’rinlarini hujjatsiz yurgan odamlarga berolmaymiz”, - deydi Trampning ayovalik muxlisasi Donna Nikols.

Katta gapirishiga qaramay, Tramp Ayovada g’alaba qozonish muhimligini tan oladi.

“Ayovada g’alaba qilmasak bo’lmaydi”, - deydi u.

Uning raqibi senator Ted Kruz reytingda ikkinchi, Trampdan 10 dan ziyod foiz ortda.

"Agar birligimizni yo’qotmasak, insoniyatning eng so’nggi va eng yaxshi umidi bo’lgan Amerika Qo’shma Shtatlarini qaytara olamiz”, - deydi kubalik immigrantlar oilasidan chiqqan nomzod.

Demokratlar partiyasida yagona nomzodlik uchun senator Berni Sanders va sobiq davlat kotibasi Xillari Klinton kurashmoqda. Ba’zi shtatlarda Sanders tarafdorlari ko’paymoqda, ayniqsa, eskicha siyosatdan charchagan yoshlar orasida.

"Ular mamlakatning yangi yo’ldan borishini istaydi. Ular siyosiy inqilobchilar qatoriga qo’shilmoqchi", - deydi Sanders.

Senator AQShda ijtimoiy tengsizlik kuchayib borayotganini, boylarning siyosatga aralashuvini tanqid qiladi.

"Yirik kompaniyalar saylov uchun Sandersga pul bermagan. Unga pulni oddiy odamlar xayriya qilmoqda. Xillari Klinton demokrat bo’lsa-da, eski qoidalar bo’yicha harakat qilyapti. Katta-katta kompaniyalardan pul olyapti. Meni buni olqishlamayman," – deydi Sandersning Ayovadagi tarafdorlaridan biri.

Nyu-York shahar sobiq meri Maykl Blumberg ham poygaga qo’shilish ustida o’ylanmoqda. Ba’zilar nazarida bu Sandersga beriladigan ovozlarni olishga qaratilgan qadam bo’lib, Klintonga qo’l kelishi mumkin. Milliarder mustaqil nomzod sifatida poygaga kirishini, saylov kampaniyasini o’z hamyonidan moliyalashi mumkinligini aytgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG