So'nggi ommaviy so'rov natijalariga ko'ra, Rossiyada yakshanba kuni o'tayotgan parlament saylovlarida hukmron "Birlashgan Rossiya" partiyasi g'alaba qozonadi. 144 millon aholiga ega Rossiyada 110 million odam ovoz berish huquqiga ega.
Prezident Vladimir Putinning partiyasi parlament quyi palatasidagi mavqeini saqlab qolishi kutilmoqda. Ayrim tahlilchilarga ko'ra, Dumaga saylovlarni Putinning 2018-yil prezident saylovlarida qayta saylanishiga referendum sifatida ham qarash mumkin.
Muxolif partiyalar parlamentdagi 450 o'rinning bir qismiga da'vo qilmoqda. Yangi qoidaga ko'ra, deputatlarning yarmi partiya ro'yxatlari bo'yicha, qolgan yarmi esa mustaqil ravishda saylanadi. So'nggi saylovlarda partiya ro'yxatiga tushgan nomzodlargina parlamentga kirgan.
Saylov Qrimda ham o'tmoqda, ammo Ukraina va Qo'shma Shtatlar yarimoroldagi saylov natijalarini tan olmasligini bildirdi.