Breaking News

AQShda prezidentlikka nomzodlar urush faxriylari ko'nglini ovlamoqda


Prezident Barak Obama Xorijiy urushlar veteranlari uyushmasining 113-syezdida nutq so'zlamoqda, Rino, Nevada, 23-iyul, 2012-yil.
Prezident Barak Obama Xorijiy urushlar veteranlari uyushmasining 113-syezdida nutq so'zlamoqda, Rino, Nevada, 23-iyul, 2012-yil.
Prezident Barak Obama va uning bo’lajak saylovlardagi raqibi, respublikachi Mitt Romni saylov kampaniyasi doirasida urush faxriylari ko’nglini ovlamoqda.

Obama kecha Nevada shtatining Rino shahrida urush faxriylari tashkiloti a’zolari oldida so’zlab, Iroq va Afg’onistondagi siyosati haqida gapirdi.

Obamaning aytishicha, uning al-Qoidaga qarshi siyosati samara berdi, Oq uy ma’muriyati esa veteranlarga g’amxo’rlikni kuchaytirdi. Jumladan, ularga ish topishda yordam berilmoqda, farzandini urushda yo’qotgan oilalar qo’llab-quvvatlanmoqda.

"O’tgan saylovlarda AQSh qo’shinlarini Iroq va Afg’onistondan olib chiqishga va’da bergan edim. Iroqda missiya yakunlandi, Afg’onistondan esa harbiylar kelasi yili chiqariladi. Va’dalarimni bajaryapman", - deydi Obama.

Tashkilotga 2,1 million faxriy a’zo. Romni ular bilan bugun uchrashadi. Obamaning tashqi siyosatini tanqid qilib, masalaga o’z qarashlarini bildirishi kutilmoqda. Romni nazarida Obama prezidentligi davrida Amerika qurolli kuchlari zaiflashdi.

Pentagon ma’lumotiga ko’ra, Qo’shma Shtatlar Iroq urushida salkam 4,5 ming askar yo’qotib, 32 mingdan ziyodi jarohat olgan.

So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, veteranlarning 59 foizi Romni, 35 foizi esa Obama tomonida.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG