Breaking News

Epidemiyalarning oldini olish mumkinmi?


COVID-19 paydo bo’lganida dunyo unga tayyor emas edi. Pandemiya virusga qarshi tayyorgarlik va unga qarshi kurashdagi ko’plab nuqsonlarni oshkor etdi. Mutaxassislar yangi virus ehtimoli haqida ogohlantirmoqda.

Xalqaro hayot - 1-iyul, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:06 0:00

Koronavirus paydo bo’lishidan bir yarim yil o’tib, ayrim mamlakatlar uning tarqalishini nazoratga ola bildi, boshqa davlatlar esa hamon uning iskanjasida.

Ko’p olimlar buning sabablarini aniqlashga urinmoqda. AQSh Yuqumli kasalliklarning oldini olish markazi sobiq rahbari Tom Friden o’tmishda ko’plab epidemiyalarga qarshi kurashib boy tajriba orttirgan.

"COVID ni to’xtatish mumkinmidi? Endi buni bila olmaymiz. Ammo shuni yaxshi bilamanki, mutaxassislar va tibbiy xizmatchilar dunyo bo’ylab har kuni epidemiyalarning oldini olmoqda”, - deydi u.

Salkam 10 yil oldin Yaqin Sharqda MERS deb ataluvchi halokatli virus tarqalgan edi.

"Markazga rahbarlik qilgan paytimda Amerikadagilardan MERS haqida eshitganmisiz deb so’rardim. O’ylanib, “yo’q” deb javob berishardi. Chunki bizda u darajada tarqalmagan edi. Virusni test orqali aniqlash yo’llarini tez amalga oshirganmiz. Klinikalarni xabardor qilganmiz. Virusga chalinganlarni aniqlab, tarqalishining oldini olganmiz”, - deydi Friden.

Mutaxassis hozirda “Hayotlarni asrash uchun qat’iyat” deb nomlangan tashkilotni boshqaradi. Guruh kambag’al mamlakatlarda ham epidemiyaga qarshi kurashda muvaffaqiyat sirlarini o’rganib keladi.

Izlanish natijasidan ma’lum bo’lishicha, samarali boshqaruv hamda sog’liqni saqlash muassasalari va mutaxassislariga sarmoya orqali, jamoatchlik yordamida epidemiyani to’xtatish mumkin.

Kuydirgi bakteriya bo’lib, tuproqda vujudga keladi va o’tlash jarayonida emlanmagan hayvonlar organizmiga kiradi. Zararlangan go’shtni iste’mol qilgan odamlar ham undan nobud bo’lishi mumkin.

Keniyada ko’ngillilarni kasallik alomatlarini kuzatib, xabar berishga o’rgatishadi. Ikki yil oldin bir qabilada kuydirgi tarqaldi. Ko’ngillilardan biri bu haqda xabar berganidan so’ng tibbiy xizmatchilar chora ko’rib, 10 mingdan ortiq hayvonlarni emladi. Epidemiyani joyida jilovlashga muvaffaq bo’lishdi.

Besh yil oldin yo’qolgan Ebola epidemiyasi G’arbiy Afrikani qamrab olganida Nigeriya o’sha paytda falajdan emlash dasturi tufayli virusga chalinmadi.

Tibbiy mutaxassislar jamoatchilik bilan aloqada bo’lgani uchun virus yuqtirgan odamlarni aniqlash, laboratoriya ma’lumotlarini tahlil qilishni o’shandayoq bilishgan edi.

"Lagos shahrida poliomiyelitga qarshi emlash bilan shug’ullanayotgan jamoa tajribasidan ko’p narsalarni o’rgansak bo’ladi”, - deydi “Hayotlarni asrash uchun qat’iyat” tashkiloti vitse-prezidenti Amanda Maklelland.

Nigeriyada Ebola epidemiyasi 2 oyda nazoratga olindi, boshqa 3 mamlakatda esa bunga 2 yil vaqt ketdi.

To’g’ri yo’lga qo’yilgan infratuzilma, samarali rahbariyat va tezkor choralar, Friden nazarida, epidemiyalarning oldini olishda muhim omillardir.

Kasallik tarqalishiga qarshi kurashda mamlakatlar hamkorligi ham katta rol o’ynaydi. Ekspertlar yangi pandemiya ehtimoli haqida ogohlantirar ekan, COVID-19 dan olingan xulosa shuki, deydi ular, dunyo keyingi pandemiyaga tayyor emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG