Turkiya bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an yaqingacha u bilan ittifoqda bo’lgan qudratli diniy va ijtimoiy arbob Fathulla Gulen bilan urushib qolgan ko’rinadi. Bu esa saylovlarga bir necha oy qolganda bosh vazirlikdan so’ng prezident bo’lishga umid qilayotgan Erdog’an va uning yetakchiligidagi hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasining mavqeiga putur yetkazishi mumkin.
2002-yildan beri o’tkazilgan ketma-ket uch saylovda g’alaba qozongan partiya muvaffaqiyatiga bevosita uning asoschisi Rajab Toyib Erdog’an aloqador bo’lsa-da, Istanbul sobiq hokimining bosh vazir bo’lishida Fathulla Gulenning ham hissasi katta.
Taniqli ulamo tuzgan harakat bugunga kelib shu qadar keng qanot yoyganki, uning tarafdorlarini yirik tadbirkorlar, siyosatchilar, adliya tizimi xodimlari orasida topsa bo’ladi.
Aynan shu ikki arbob o’rtasidagi ittifoq so’nggi yillarda Turkiyada harbiylar hukmronligiga chek qo’yishga va islomiy qadriyatlarning yuksalishiga imkon berdi.
Biroq mamlakatda shu kunlarda sodir bo’layotgan voqealar ittifoq darz ketganini ko’rsatmoqda.
Shu hafta korrupsiyada ayblanib, Erdog’anga yaqin 50 dan ziyod odam hibsga olindi. Ular orasida uch vazirning o’g’illari, davlatga qarashli Xalq banki raisi, Istanbul tumanlaridan birining hokimi va quruvchi-milliarder bor. Kuzatuvchilarga ko’ra, amaliyotga Fathulla Gulenning adliya tizimidagi odamlari qo’l urgan.
Erdog’anning javob hujumini uzoq kutishga to’g’ri kelmadi. Kecha vazirlarning o’g’illarini hibsga olishda shijoat ko’rsatgan Istanbul politsiyasining besh bo’limi rahbarlari shu zahoti ishdan haydaldi. Bugun esa Istanbul politsiya boshlig’i ham lavozimidan bo’shatildi. Parlamentda “Adolat va taraqqiyot” partiyasi deputatlari ayrim prokurorlarni javobgarlikka tortishga chaqirmoqda.
Eski ittifoqchilar orasidan nega qora mushuk o’tdi?
Xabarlarga ko’ra, Erdog’an mamlakatdagi xususiy maktab va test markazlarini yopmoqchi bo’lgani Gulen noroziligiga sabab bo’ldi. Bu ta’lim dargohlarining aksariyati gulenchilarga qarashli. Ikki arbob bir necha kun burun bu masalada gaplashgan, ammo kelisholmagan. Shundan so’ng Gulen xavfsizlik kuchlari safidagi tarafdorlarini ishga solgan.
Turkiyada kelasi yil martida mahalliy saylovlar, so’ng avgustda ilk bor to’g’ridan-to’g’ri prezident saylovlari bo’lib o’tadi. Gulen va Erdog’an ungacha yarashib olmasa, hukmron partiya nufuzini yo’qotishi va, hatto bo’linib ketishi ham mumkin.
Erdog’anning xususiy maktablarni yopish qaroriga norozilik bildirib, partiyasidan parlamentga saylangan ikki deputat shu hafta partiyani tark etdi. Mahalliy saylovlar, ayniqsa, Istanbul shahar hokimligiga saylovlar siyosiy tomondan o’ta muhimdir. Masalan, Erdog’an bosh vazirlikka kelishdan oldin to’rt yil Istanbul hokimi bo’lgan.
Erdog’an kechagi matbuot anjumanida uzoq yillardan beri AQShda yashayotgan Gulenni tilga olmasa-da, bu ishlarning xorijiy homiylari va mamlakat ichida ijrochilari borligini aytib, politsiya amaliyotini qoraladi.
Unga ko’ra, yovuz kuchlar hukumatga tajovuz qilmoqda va davlat ichida davlat tuzishga harakat qilayapti.
Kuzatuvchilarga ko’ra, Erdog’an-Gulen qarama-qarshiligida g’olibning bo’lishi mumkin emas, chunki birining mag’lubiyati ikkinchisiga ham zarardir. Bunga sabab ikki arbob qarashlari va intilishlarining hamohangligi, deydi Vashingtondagi Karnegi jamg’armasida Yaqin Sharq va Turkiya bo’yicha tahlilchi Bayram Balchi.
Shunga qaramay, deydi ekspert, so’nggi paytlarda qarashlarda farqlar paydo bo’la boshlagan va bunga Erdog’an sababchi. Uning aytishicha, bosh vazirning avtokratik boshqaruv usuli Gulenga ma'qul kelmayapti.
Ikki arbobning Suriya mojarosini hal etishga doir yondashuvi ham turlicha. Erdog’an o’tmishda yaqin ittifoqchisi Bashar Assaddan yuz o’girib, uni hokimiyatdan ag’darish uchun kuch ishlatishga tayyor ekanini bildirgan. Gulen esa mojaroni muloqot orqali hal etish tarafdori.
Fathulla Gulen Erdog’anning saylovlardan oldin bergan va’dalarining ustidan chiqmaganidan ham norozi. Erdog’an 1982-yilda harbiylar tomonidan joriy etilgan konstitutsiyani o’zgartirishga va Turkiyani Yevropa Ittifoqiga olib kirishga va’da bergan edi. Ammo hech bir yo’nalishda olg’a qadam qo’yilmadi.
Erdog’an esa o’z navbatida Gulen harakatining kuchayishidan xavotirga tushib, uning siyosatiga ta’sir qilishini istamaydi. Shunga qaramay, deydi Bayram Balchi, ikki arbob tabiiy ittifoqchi bo’lib, ular orasidagi nizo Turkiyadagi hozirgi siyosiy muvozanatga jiddiy ta’sir qila olmasligi mumkin.
Mamlakatdagi hukumatlarni uzoq yillar davomida nazorat qilib, dunyoviy tuzumni qo’riqlab kelgan harbiylar Erdog’an davrida ta’qibga uchrab, kuchini yo’qotdi, rahbarsiz qoldi. Gulenning esa o’z siyosiy partiyasi bo’lmagani sabab Erdog’anni hokimiyatdan chetlatishi oson bo’lmaydi.
Kuzatuvchilarga ko’ra, muxolifatdagi Respublikachilar xalq partiyasi ham bosh vazir va Gulen o’rtasidagi nizodan o’z manfaati yo’lida foydalana olmaydi – Erdog’anning obro’si mamlakatda hali ham baland. Ammo, deydi tahlilchilar, Gulen va uning tarafdorlari “Adolat va taraqqiyot” partiyasini bo’lib, Erdog’anga qarshi chiqqan qismini saylovlarda qo’llab-quvvatlashi mumkin.