Breaking News

Erdog'an AQShning suriyalik kurd jangarilarga yordamidan norozi


Turkiya rahbari Erdog'an
Turkiya rahbari Erdog'an

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’anning aytishicha, o’tgan hafta Suriyaning Turkiya bilan chegarasi bo’ylab harakatlangan AQSh harbiy karvoni uzra suriyalik kurdlarning bayrog’i hilpirab turgan va bu tasvirlangan suratlar ijtimoiy sahifalar orqali tarqalgan. Anqara suriyalik kurd harbiy bo’linmalarini dushman deb biladi, Qo’shma Shtatlar uchun esa ular ittifoqchi.

"Biz Prezident Tramp bilan 16-may kuni uchrashganimizda bu suratlarni unga ko’rsatamiz”, - dedi Erdog’an.

“Islomiy davlat” jangari to’dasiga qarshi kurashayotgan kurdlar orasida Turkiyaga g'anim jangari kurd gruhlarni Anqara terrorchi deb, nishonga olib keladi.

"Xalqaro terrorizmga qarshi AQSh bilan hamkor ekanmiz, ularga bu suratlarni ko’rsatib, izoh berishni talab qilamiz. Agar terrorga qarshi kurash umumiy platformada olib borilmasa, ertaga boshqa biri bizning o’rnimizga tushib qolishi mumkin", - deydi Erdog’an.

O’tgan hafta Turkiya harbiylari jangari kurdlarni havodan nishonga olganidan so’ng ularni himoya qilmoqchi bo’lgan AQSh qo’shinlari chegara hududda paydo bo’ldi. Kurdlar esa tinch aholi o’lgan, deya norozilik bildirdi.

Erdog’an zarur bo’lsa, Suriyada ham, Iroqda ham kurd jangarilariga qarshi chora qo’llaymiz, dedi.

"Hujum qachon bo’lishini oldindan e’lon qilmaymiz. Ammo yov hujumni Turkiya armiyasi amalga oshirganini anglab yetadi. Biz xavotirda yashagandan ko’ra ular qo’rquvda yashasin”, - dedi Turkiya prezidenti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG