Breaking News

Efiopiyaning Tigray mintaqasida davom etayotgan urushga 1 yil to'ldi


Bugun Efiopiyada hukumat va Tigray mintaqasidagi mahalliy kuchlar o’rtasida kechayotgan mojaroga bir yil to’ldi. Efiopiya hukumatiga qo’shni Eritreya yordam berarkan, isyonchilar poytaxt Addis-Abbebaga hujum boshlashini, shahar bir necha oy yoki haftada qulashini ma’lum qildi.

Xalqaro hayot – 4-noyabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:15 0:00

Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad g’alaba markaziy hukumat tarafida bo’lishini aytdi.

"Efiopiya parchalanmaydi. Efiopiya gullab yashnaydi. Efiopiya uni o’z farzandlarining qoni va suyagi orqali sinayotgan barcha kuchlarni mag’lub etib, sharaf bilan abadiy mavjud bo’ladi”, - deydi Ahmad.

Hukumat mamlakatda favqulodda holat e’lon qilib, Addis-Abbeba aholisini shaharni isyonchilardan mudofaa qilishga chaqirdi. Tigray mintaqasi prezidenti mojaroga Efiopiya hukumati va uning ittifoqchilari aybdor ekanini aytdi.

"Urush qo’zg’atuvchilari janglarni davom ettirishga qaror qildi. Dushmanni kuch bilan yakson qilishdan boshqa chora qolmadi bizga”, - dedi Debretsion Geberemaykl.

AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Ned Prays jang qilayotgan taraflarni sulhga, tinch aholi hayoti va huquqlarini himoya qilishga chaqirdi.

“Amerikaliklarga Efiopiyaga bormaslikni, Efiopiyadagi fuqarolarimizga hozircha mavjud bo’lib turgan tijoriy sayohat imkoniyatlaridan foydalanib, mamlakatdan ketishni tavsiya qilamiz”, - dedi rasmiy.

BMTning Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari Mishel Basheletga ko’ra, bir yildan beri davom etayotgan mojaro “haddan tashqari shafqatsizlik” bilan kechgan.

"Tigray mojarosiga aralashgan barcha taraflarning ushbu davr mobaynida xalqaro inson huquqlari, gumanitar va qochqinlarga doir qonunlarni buzganiga ishonish uchun bizda yetarlicha asos bor. Ba’zi huquqbuzarliklarning urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarga aloqasi bo’lishi mumkin. Tigray aholisi shafqatsiz zo’ravonlik va azob-uqubatlarga yuz tutdi”, - deydi Bashelet.

BMTning inson huquqlari idorasi hamda Efiopiya hukumatining inson huquqlari kengashi hisobotida aytilishicha, mojaro davomida jinsiy zo’ravonlik hollari ham o’rin olgan, nafaqat ayollar va qizlar, balki erkaklar va o’g’il bolalar guruhli zo’rlashlarga yuz tutgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG