Breaking News

Merkel va Makron Yevropa Ittifoqini Putin bilan muloqotga chorlayapti


Merkel, Putin va Makron. Arxiv surat
Merkel, Putin va Makron. Arxiv surat

Germaniya Kansleri Angela Merkelning aytishicha, Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash maqsadida Putin bilan yuzma-yuz gaplashishi kerak.

Xalqaro hayot – 24-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:00 0:00

"Yevropa Ittifoqi sifatida Rossiya va uning rahbari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilishimiz lozim”, - dedi Merkel Bundestag quyi palatasiga murojaatida.

"AQSh prezidentining Rossiya rahbari bilan uchrashgani kifoya emas. Yevropa Ittifoqi ham muloqot uchun forumlar tashkil etishi kerak”, - dedi Merkel.

Germaniyani 16 yildan beri boshqarayotgan arbob 26-sentabrda bo’ladigan saylovlarda qatnashmaydi.

Moskva Rossiya va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi muloqotni tiklash taklifini ijobiy baholadi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Putin Germaniya va Fransiya taklifini olqishlab, bunday muloqot ham Bryussel, ham Moskvaga zarur ekanini aytgan.

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga chegaradosh maydaroq davlatlari bunga qarshi. Litva va Estoniya nazarida, Putin bilan muloqot uning xulqiga ta’sir qilmaydi.

27 a’zolik tashkilot rahbarlari sammitida qatnashish uchun Bryusselga borgan Litva Prezidenti Gitanas Nausedaning aytishicha, bunday muloqot Rossiya xulqida biror ijobiy o’zgarish bo’lmasidan o’tkazilsa, Sharqiy Yevropadagi ittifoqchi mamlakatlarga noto’g’ri signal bo’lib xizmat qiladi.

Ittifoqqa a’zo davlatlarning bu masalada fikri bo’lingan ko’rinadi. Masalan, Avstriya Putin bilan muloqot taklifini qo’llab-quvvatlmoqda, Niderlandiya, Boltiq mamlakatlari esa unga shubha bilan qaramoqda.

Polsha Bosh vaziri Mateush Moraveskiyning aytishicha, Rossiya xulqini o’zgartirmas ekan, u bilan muloqotdan foyda yo’q. Moraveskiy joriy oyda Polshada amaldagi va sobiq hukumat rasmiylari ishlatayotgan 100 dan ortiq elektron pochta hisob qaydnomalariga kiberhujum uyushtirilganiga ishora qilib, bunda Rossiyani aybladi.

“Yevropa Ittifoqini Rossiya masalasida birdamlikka chaqiramiz”, - dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG