Yevropa rahbariyati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishga kelishib oldi.
Yevropa Ittifoqining so’zlovchisi Maya Kochiyanchich bu haqda bugun Bryusselda so’zladi.
Rossiyani Ukrainadagi xatti-harakatlari uchun jazolanmoqda, deydi u. Ukraina bilan sulh bajarilishiga qarab, ular shu oy oxirida qayta ko'rilishi mumkin, dedi rasmiy.
Yangi sanksiyalar Rossiya neft hamda mudofaa sohasidagi kompaniyalarga zarba beradi. Kreml esa bunga javoban o’z cheklovlari bilan chiqmoqchi.
Sal oldin Moskva Yevropa Ittifoqi va AQShdan oziq-ovqat importini to'xtatgan edi.
Ittifoq qarori Ukraina rahbariyati isyonchilar nazoratidagi hudud sharqiy chegarada Azov dengizigacha kengayganini bildirganidan keyin qabul qilindi.
Qo’shma Shtatlar ham bugun Moskvaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qilishi kutilayapti.