Breaking News

Yevropa Ittifoqi Ukraina bilan hamkorlikdan umidini uzmagan


Kiyevda namoyishlar davom etmoqda, 20-dekabr, 2013
Kiyevda namoyishlar davom etmoqda, 20-dekabr, 2013
Ukrainagi ommaviy chiqishlar va hukumatdan norozilikni yaqindan kuzatayotgan Yevropa Ittifoqi bu borada o’z pozitsiyasini Kiyev va Moskvaga yaxshiroq tushuntirishga bel bog’lagan.

Ukraina va Rossiya bilan ochiq gaplashamiz, deydi ittifoq prezidenti German van Rompey, yanvar oyining oxirida kutilayotgan sammitga ishora qilib.

Gap bu yerda Ukraina va blok orasida imzolanishi kutilgan iqtisodiy hamkorlik shartnomasi va uning natijasida mamlakat Yevropaga qanchalik bog’lanishi haqida ketmoqda.

Ukraina rahbari Viktor Yanukovich nazarida hozir bu bitimning vaqti emas. Muxolifat esa buning aksini talab qilmoqda.

Yanukovich G’arbni uning xalqini hukumatga qarshi gijgijlayotganlikda ayblar ekan, Yevropa Ittifoqi rasmiylari “sababni o’z siyosatingizdan qidiring” deya javob qilmoqda.

Ukraina Rossiya boshliq iqtisodiy ittifoqqa kirishni e’lon qildi.

Yevropa bilan sheriklik bu davlatni 500 million xaridorga ega ulkan hududga olib kiradi va kelasi yetti yil ichida 20 milliard dolardan ochiq moddiy yordam uzatiladi, deydi diplomatlar.

Rossiya esa Kiyevga 15 milliard dollar kredit va pastroq narxda tabiiy gaz taklif qilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG