Breaking News

O'zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan nima uchun yiroq yuradi?


Mirzoxid Rahimov (chapdan ikkinchi) shu kunlarda Vashingtonda, Ramsfeld stipendiyasi bilan Markaziy Osiyo, Kavkaz, Afg’oniston va Mo’g’ulistondan olti haftaga kelgan 10 mutaxassisdan biri. Ramsfeld jamg’armasi Jons Hopkins universiteti bilan hamkorlikda biznes, ilm-fan va siyosatda band lider yoshlarni Amerikaga taklif qiladi.
Mirzoxid Rahimov (chapdan ikkinchi) shu kunlarda Vashingtonda, Ramsfeld stipendiyasi bilan Markaziy Osiyo, Kavkaz, Afg’oniston va Mo’g’ulistondan olti haftaga kelgan 10 mutaxassisdan biri. Ramsfeld jamg’armasi Jons Hopkins universiteti bilan hamkorlikda biznes, ilm-fan va siyosatda band lider yoshlarni Amerikaga taklif qiladi.

Shu oy boshida Qirg’iziston, yil boshida esa Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo’shildi. Loyiha muallifi Moskvaning ishontirishicha, Rossiya, Belarus va Qozog’istonni ham o’z ichiga olgan tashkilot o’zaro savdo uchun qulay muhit yaratadi; odamlar va bizneslar a’zo davlatlar osha erkin qatnashi uchun sharoit yaxshilanadi.

Tanqidchilar fikricha, ittifoq Vladimir Putinning sobiq sovetlar yurtini tiklash niyatidan boshqa narsa emas. Avvaliga tuzilmaga Ukraina ham qo’shilishi kutilgan edi, lekin Kiyev Yevropaga ergashishni ma’qul topdi. Bunga javoban Rossiyaning Ukrainaga nisbatan agressiv harakatlari Qozog’iston va Belarusni hushyor torttirgani sir emas.

Qozog’iston rahbari Nursulton Nazarboyev, masalan, mamlakat mustaqilligiga tahdid tug’ilsa, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini darhol tark etamiz, deydi.

Qirg’iziston ittifoqqa qo’shilmasdan iloji yo’q, deydi Doniyol Qodirbekov, Qirg’iziston bosh vaziri maslahatchisi. O’lka eksportining 70 foizi, xususan, tekstil, sut-ovqat mahsulotlari Qozog’iston, Rossiya, Belarusga to’g’ri keladi. Yevrosiyo iqtisodiy tuzilmasiga qo’shilmasak, bu bozordan quruq qolishimiz aniq, deydi Qodirbekov.

Aytish kerak, Qirg’iziston Xitoydan kelayotgan mahsulotni qayta eksport qiladi va aholining salmoqli qismi shuning hisobiga ro’zg’or qiladi. Ittifoqqa kirganidan keyin bu qayta eksport imkoni kesilishi kutilmoqda. Biroq iqtisodiy ittifoq sharofati bilan Qirg’iziston qozoq, rus, belarus bizneslari, sarmoyalari kirib kelishini kutayapti. Mamlakat biznes muhiti barqaror, arzon ishchi kuchi bor, aholining intellektual salohiyati raqobatbardosh.

O’zbekiston rahbariyati Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirish niyati yo’qligini ochiq-oydin aytib keladi. Taxmin shuki, Toshkent shu tariqa Kremlga tobelikdan yiroq yuradi.

Mirzoxid Rahimov O’zbekiston fanlar akademiyasida Zamonaviy tarix va xalqaro aloqalar bo’limiga bosh, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida dars beradi. U shu kunlarda Vashingtonda, Ramsfeld stipendiyasi bilan Markaziy Osiyo, Kavkaz, Afg’oniston va Mo’g’ulistondan olti haftaga kelgan 10 mutaxassisdan biri.

Ramsfeld jamg’armasi Jons Hopkins universiteti bilan hamkorlikda biznes, ilm-fan va siyosatda band lider yoshlarni Amerikaga taklif qiladi.

Mirzoxid Rahimov bilan O’zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolik istiqboli, mamlakatni bu yo’ldan to’xtatib turgan sabablar haqida gaplashdik:

O'zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan nima uchun yiroq yuradi? Ramsfeld stipendiati Mirzoxid Rahimov bilan suhbat.
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:11 0:00

Vashingtonda Ramsfeld stipendiatlari ishtirokida o'tgan muhokamani ingliz tilida to'liq holda mana bu yerda tinglang:

Rumsfeld fellows discuss Eurasian Economic Union. Panel at Johns Hopkins university, 4 May, 2015. (Part I)
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:18:55 0:00
Rumsfeld fellows discuss Eurasian Economic Union. Panel at Johns Hopkins university, 4 May, 2015. (Part II)
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:17:43 0:00
Rumsfeld fellows discuss Eurasian Economic Union. Panel at Johns Hopkins university, 4 May, 2015. (Part III)
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:16:57 0:00
Rumsfeld fellows discuss Eurasian Economic Union. Panel at Johns Hopkins university, 4 May, 2015. (Part IV)
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:25 0:00
Rumsfeld fellows discuss Eurasian Economic Union. Panel at Johns Hopkins university, 4 May, 2015. (Part V)
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:26:53 0:00
Interview with Badruun Gardi, Rumsfeld fellow. Founder and CEO of Ger Hub and a civil society leader in Mongolia.
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00
Yuklab oling

XS
SM
MD
LG