Rossiya, Belarus va Qozog’iston rahbarlari erkin savdo qilish va muhim iqtisodiy tashabbuslarni muvofiqlashtirish maqsadida iqtisodiy ittifoq tuzishga kelishib oldi.
Prezidentlar Vladimir Putin, Nursulton Nazarboyev va Aleksandr Lukashenko Ostonada uchrashib, shunga doir bitim imzoladi va uni tarixiy deb atadi.
Belarus rahbariga ko’ra, Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi mintaqa salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.
"Bir necha yildan beri birgalashib Yevrosiyo integratsiyasi yo’lidan yuramiz. Otgan har bir qadamimiz mashaqqatli bo’ldi, biroq umumiy maqsadni ko’ra bildik, xalqlarimiz tinchlik va do’stlikda yashashini istadik", - dedi Lukashenko.
Bu uch davlat ayni damda Bojxona Qo’mitasiga a’zo. Ukrainadagi yangi hukumat bu jarayonda qatnashishdan bosh tortgan.