Breaking News

Yevropa Ittifoqi: Iqtisodiy tayanch uchun 800 milliard yevro


Yevropa Ittifoqi o’zini moliyaviy bo’hronlardan himoya qilish uchun jamg’armadagi mablag’ni oshirdi. Bugun u 800 milliard yevro, ya’ni 1 trillion dollardan ziyod.

Kopengagenda uchrashgan 17 davlat moliya vazirlari shunday qarorga kelgan. Ushbu jamg’arma iyul oyidan rasman ochiladi.

Germaniya va Fransiya, blokning iqtisodiy jihatdan eng kuchli ikki a’zosi, maxsus jamg’arma hajmidan kelisha olmayotgan edi, lekin muzokaralar davomida til topishishgan.

Yevropa Ittifoqi Gretsiya, Irlandiya, Portugaliya va Ispaniyani moliyaviy tanazzuldan qutqarish uchun milliardlab dollar sarfladi.

Germaniya va Finlandiya boshqa yordam bera olmaslini ta’kidlabv kelmoqda. Umid shuki, deydi rasmiylar, maxsus jamg’arma bunday hollarda tayanch sifatida xizmat qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG