Breaking News

Yevropa iqtisodiy tanazzul va ijtimoiy beqarorlikka yuz tutyapti


Parijda namoyishlar
Parijda namoyishlar

Ukrainadagi urush va Yevropaning Rossiyaga qarshi sanksiyalari Rossiyadan ko’ra qit’a davlatlarining o’ziga ko’proq zarar qilayotgani aytilmoqda. Xususan Buyuk Britaniya so’nggi 40 yilda eng yuqori inflyatsiyaga yuz tutdi. Sentabr oyida narxlar o’rtacha 10 foizga oshgan. Ayniqsa oziq-ovqat va yoqilg’iga.

Xalqaro hayot - 19-oktabr, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:08 0:00

Sentabr boshida bosh vazirlikka saylangan Liz Trassning palapartish moliyaviy va soliq siyosati iqtisodiy vaziyatni yanada taranglashtirib, uning o’zi yaqin orada mamlakatni eng qisqa vaqt boshqargan arbob sifatida tarixga kirishi mumkin.

Trass bugun parlamentda uni iste’foga chaqirgan muxolifat lideri bilan olishib, o’zining layoqatliligini isbotlashga harakat qildi.

Bosh vazir inflyatsiya darajasiga mos ravishda davlat nafaqalarini oshirishga va’da berdi. Biroq besh kun oldin moliya vaziri lavozimiga tayinlangan sobiq tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant Trassning saylov paytida va’da qilgan va sarmoyadorlarni cho’chitgan soliqlarni kamaytirish dasturini bekor qildi, nafaqa indeksatsiyasini esa, ayrim xabarlarga ko’ra, bahorga qoldirishi mumkin.

Muxolifat Trassni layoqatsizlikda ayblayapti, bosh vazir reytingi 10 foizga tushgan. Bu esa Konservatorlar partiyasiga ishonchning yemirilishiga ham sabab bo’lyapti. Buning oldini olish maqsadida Trassning ayrim partiyadoshlari uning iste’fosi tarafdori.

Aholi ham bosh vazirdan to’ygan ko’rinadi.

"Bir tartibsizlik ketidan ikkinchisi. Har bir va’dasidan qaytyapti. Yangiliklarni ko’rib odamning kulgisi keladi”, - deydi londonliklardan biri.

So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, hukmron konservatorlar muxolif leyboristlardan 36 punkt orqada ketyapti.

"U ko’p xatolarga yo’l qo’ydi. O’ta soddalik qildi. Aholini yoqilg’i masalasida qo’llab-quvvatlash bilan birga soliqlarni ham tushirish mumkin deb o’ylab ahmoqlik qildi. Qarorlarining ipoteka foiz stavkalari va funt sterlingga ta’sirini inobatga olmadi”, - deydi yana bir poytaxtlik.

Yevropada iqtisodiy muammolar bilan yolg’iz Britaniya yuzlashayotgani yo’q. Fransuzlar hukumat siyosatidan noroziligini ommaviy namoyishlar orqali bildirmoqda. Ish tashlashlar oqibatida ko’p sanoatlar faoliyatida uzilish kuzatilmoqda, neftni qayta ishlash zavodlaridagi zabastovkalar sabab yoqilg’i shoxobchalarining ba’zilari ishlamayapti.

Ko’chada namoyish qilayotgan va turmush tarzi qimmatlashayotganidan norozi minglab odamlarni ko’rish mumkin.

Politsiya ularni ko’zni yoshlantiruvchi gaz bilan tarqatishga, barrikadalarni buzishga urindi, kuch qo’lladi. Odatda avtoritar mamlakatlarda namoyishchilarga qarshi zulmni baralla qoralaydigan G’arb Parijdagi huquqbuzarliklarni ko’rmaganga oldi.

Transport sohasi vakillari, o’qituvchilar, tibbiy xizmatchilar, talabalar maoshlarni oshirishni talab qilayotgan neftchilar kasaba uyushmasining namoyishga chiqish da’vatiga quloq soldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG