Breaking News

Koronavirusga qaramay, Yevropada maktablar ochilmoqda


O’quv yili boshlanishi bilan ayrim mamlakatlar koronavirus pandemiyasiga qaramay maktablarni ochishga qaror qildi. Biroq maktablarda koronavirusga qarshi xavfsizlik choralari joriy etiladi.

Xalqaro hayot – 31-avgust, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:55 0:00

Rossiyada bu yili 17 million o’quvchi maktabga boradi, shulardan salkam 1,9 millioni birinchi sinfga. Har bir sinfga alohida xona ajratiladi. Mashg’ulotlardan oldin sinflar dezinfeksiya qilinadi, majburiy tanaffuslar paytida esa sinflar va korridorlar shamollatiladi.

Sinflar antiseptiklar bilan ta’minlanadi. O’quvchilardan ijtimoiy masofani saqlash talab qilinadi. Niqob taqish tavsiya etiladi, ammo majburiy bo’lmaydi.

Ota-onalarning maktabga kelishi cheklanadi, majlislar onlayn o’tkaziladi.

Maktabga kirishdan oldin har bir o’quvchining tana harorati o’lchanadi. Har bir sinfning alohida dars jadvali va o’z tanaffus vaqti, o’z qo’ng’irog’i bo’ladi.

10 yashar o’quvchi Yeva Aldanovaning onasi Olesyaning aytishicha, karantin paytida ota-ona qizi bilan uyda shug’ullangan. Yeva karantinda haftalab uyda o’tirish oson bo’lmaganini, ijtimoiy masofaga rioya qilish qiyin ekanini tan oladi.

Rossiya maktablarida odatda 1-sentabr kuni bo’ladigan lineyka bekor qilindi.

Fransiyada ham maktablar yangicha usulda ish olib boradi. Biroq ertaga hamma maktablar ham ochilmaydi. Kollejlar va litseylarning 11 yoshdan katta o’quvchilari bir-biri yoki o’qituvchiga yaqin turganda niqob taqishi kerak bo’ladi.

Agar koronavirus bilan bog’liq vaziyat yomonlashsa, ikki xil ssenariy taklif etilmoqda. Birinchisiga ko’ra, maktablar yopilmaydi, darslar kichikroq guruhlarda o’tadi, maktabga har kuni qatnash shart bo’lmaydi. Ikkinchi ssenariy maktablarni hududga qarab yoki butun mamlakat bo’ylab yopishni ko’zlaydi, mashg’ulotlar onlayn tartibda davom ettiriladi.

Fransiya ta’lim vaziri maktabga qaytayotgan o’quvchilarni testdan o’tkazib, karantin paytida o’quv dasturidan orqada qolib ketgan bolalarni aniqlab, ularga o’zlashtirishda yordam berishni taklif etmoqda. Biroq o’qituvchilar kasaba uyushmalari bunday taklifga qarshi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG