Breaking News

Qirg’izistonda oltin kuz manzaralari

Bu yil Qirg’izistonda kuz iliq va serhosil keldi. Faslning yarmi o’tib ham yog’ingarchilikdan darak yo’q. Oftob charaqlaydi, kunduzi harorat 23-27 gradus atrofida. Yig’im-terim avjida. Meva-sabzavot mo’l , arzon. Bir kilo piyoz 5 som, olmaning zo’ri 20-25, uzum 50-60 som. Bunaqasi yaqin-o’rtada bo’lmagan. Chorva uchun ham yetarli ozuqa jamlangan. Dehqonlar paxta narxi o’ta pastligidan noroziligini aytmasak, hammasi joyida. Qorasuvlik Habiba opa gul yetishtiradi. Ochiq havo, quyosh taftini olgan gullar dillarni yayratadi. Mahalliy gazetalar axboroticha, iliq havo tufayli isitish mavsumi odatdagidan kechroq boshlanishi ehtimol… Kuz – to’ylar mavsumi. O’shlik Boboyevlar xonadoni bugun kelin kutayapti, mehmonlarni husayni uzum bilan siylashadi. Topganingiz to’ylarga buyursin, azizlar!

16x9 Image

Muhiddin Zarif

Qirg'izistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi.

XS
SM
MD
LG