Breaking News

AQSh federal hukumati qisman ishdan to'xtadi


AQSh qonunchilari qoq tunga qadar mamlakat byudjetini qabul qilish bo'yicha muzokara olib borishiga qaramay, federal hukumatni mablag' bilan ta'minlovchi qonun qabul qilinmadi. Natijada hukumat vaqtincha faoliyat yuritishdan to'xtadi.

Qonunning qabul qilinmasligiga sabab respublikachilar prezident Barak Obamaning sog’liqni saqlashga oid islohot dastiriga pul ajratishni istamayotganidir.

Prezidentning aytishicha, har ikki partiya vakillari birgalikda masalani muhokama etishi kerak. Ammo ikki partiya o'zaro ixtiloflar bo'yicha kelishuvga erisha olmadi.

Uch yarim yil oldin qabul qilgan Sog’liqni saqlash qonuni kam ta’minlangan oilalarni hamda tibbiy sug’urtaga ega bo’lmagan fuqarolarni imtiyozlar berishni ko’zda tutadi.

Respublikachilar esa bunga qarshi. Ularga ko’ra, soliqlarni oshirish va kichik bizneslarni o’z ishchilariga sug’urta berishga majburlash orqali qonun iqtisodiyotga zarar keltiradi.

Mamlakat byudjeti ma'qullanmagani bois endi faqat ayrim muhim xizmatlardan tashqar, barcha federal idoralar yangi qonun qabul qilinguncha o’z ishini to’xtatadi. Masalan, parklar va muzeylar sayyohlarni qabul qilmaydi. Pasport olmoqchi bo’lganlar ham kutishga majbur bo’ladi. Bir milliondan ortiq davlat xizmatchisi ishlay olmagan kunlari uchun haq olmaydi.

Byudjet muammosidan tashqari Kongress davlat qarzi bo'yicha muammolarni ham hal etishi lozim. Oktabr o’rtasiga borib AQShning qarz olishiga qo’yilgan limit tugaydi. Cheklov miqdorini oshirish yuzasidan qonunchilar hali bir to’xtamga kelmagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG