Breaking News

FIFA rasmiylari korrupsiyada ayblanib hibsga olindi


AQSh va Shveysariya huquq tartibot organlari Xalqaro futbol federatsiyasining bir necha yetakchi rasmiysini korrupsiyada ayblab, hamkorlikda hibsga olgan. Jami 14 kishi. Ular moliyaviy qalloblik, pulni o'zlashtirganlik, pora olganlikda ayblanmoqda.

Bundan tashqari Shveysariya prokuraturasi 2018- va 2022-yilgi Jahon kubogiga mezbon tanlashda ham qonun buzilganini tekshirish uchun qo'shimcha tergov ochgan.

FIFAning Shveysariyada hibsga olingan rasmiylaridan olti nafari AQShga ekstraditsiya qilinadi.

FIFA rahbariyati bu masalada AQSh va Shveysariya hukumatlari bilan hamkorlik qilayotganini bildirdi.

Ma'lumki, 2018-yil Jahon chempionati Rossiyada, 2022-yil Jahon kubogi esa Qatarda o'tadi. Mezbonni tanlashdagi qonunbuzarliklar tergov qilinayotganiga qaramay, tashkilotning jamoatchilik bilan ishlash bo'yicha bo'limi rahbari Valter de Gregorioning aytishicha, Jahon kubogini o'tkazish huquqi Rossiya va Qatardan tortib olinmaydi.

Unga ko'ra, FIFA prezidenti Zepp Blatter tergovga jalb qilinmagan. Shu hafta (juma) prezidentlikka saylovlar o'tkaziladi. Blatter asosiy nomzod. Hibsga olinganlar orasida uning ikki o'rinbosari va bir nafar sobiq o'rinbosari bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG