Breaking News

AQSh armiyasining eng qiyin maktabini ayollar ham bitira oldi


Ten U.S. Army women were the first women graduated from the military branch’s Infantry Basic Officer Leader’s Course, at Fort Benning, Georgia, Oct. 26, 2016.
Ten U.S. Army women were the first women graduated from the military branch’s Infantry Basic Officer Leader’s Course, at Fort Benning, Georgia, Oct. 26, 2016.

AQShda kirish va bitirish eng qiyin hisoblangan harbiy ilm dargohini 10 qiz bitirdi. Jorjiya shtatidagi Fort Benning harbiy inshootida o’ziga xos tarixiy voqea. Bu degani, oddiy qilib aytganda, endi frontda ayollar ham boshchilik qilishi mumkin.

Piyoda kuchlarni tayyorlovchi akademiyada dushmanni yerdan turib aniqlash, nishonga olib yo'q qila bilish oliy vazifa sanaladi va buning uddasidan chiqish uchun nafaqat intellektual balki jismoniy kuch ham suv va havodek zarur, deya tushuntiradi zobitlar. Hozirda Amerika armiyasida mana shunday 11 ayol zobit bor.

Fort Benning, Jorjiya shtati
Fort Benning, Jorjiya shtati


Bitiruvchi qizlar endilikda yana bir treningdan o'tishi kerak. Keyingi vazifa nima bo'ladi, hozircha aniq emas. Ularning har biri o'ziga xos ustunlikka ega, deydi ustozlar.

Gap bu ayollarning yosh avlodga ta'sirida. Erkaklar saltanati sanaluvchi qurolli kuchlarda xotin-qizlar kelajakda qanday rol o'ynaydi va ayollar harbiylar safida qanchalik ko'payishi mana shu bitiruvchilarning bo'ynida, deydi mudofaa sohasi mutaxassislari.

Jahonning end qudratli davlati shu paytgacha ayollarga harbiy sohada ko'plab imkoniyatlar yaratgan, lekin ular elita kuchlar orasida nihoyatda kam, deyarli yaqinlashmas edi. O'tgan bir yil ichida 11 ayol manzarani o'zgartirishga muvaffaq bo'ldi. Ularning amalda nima qila olishi kelajakni belgilovchi omil.

Ular bitirgan maktabda hozirda yana 15 qiz ta'lim olmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG