Breaking News

Chet elliklar Amerikada vrach bo'lish uchun katta dovondan o'tadi


Tibbiyot talabalari
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:04:13 0:00

Tibbiyot talabalari

Qo’shma Shtatlarda tibbiy ta’lim olishni xohlagan xalqaro student katta dovonlardan oshib o’tishi lozim. Aksariyat universitetlar bu talabalarni qabul qilmaydi, mahalliy yoshlar bilan raqobat qilish mushkul.

Biroq iloji bor. “Amerika Ovozi” Jons Xopkins instituti, tibbiyot fakultetida o’qiyotgan chet elliklar bilan suhbatda bo’ldi.

32 yoshli Fotima Ismoil Birlashgan Arab Amirliklaridan. Bolaligidan shifokor bo’lishni orzu qilgan:

“Miya va uning faoliyati meni doim hayratda solib kelgan. Bolalar bilan ishlashni yaxshi ko’raman. Yaqin Sharqda, xususan, mening vatanimda rivojlanishida nuqsoni bor, biroq zarur muolaja olmayotgan bolalar juda ko’p”.

Yurtida tibbiyot oliygohini tamomlagan Fotima Baltimordagi Jons Xopkins universitetida amaliyot o’tash uchun hujjat topshirdi. U o’qib yurgan paytida almashinuv dasturi orqali aynan shu bilim dargohida ta’lim olgan.

Fotima Amerikada tibbiyotdan chuqur bilim va tajriba olayotgan chet ellik mutaxassislardan biri.

“Nihoyatda talabchan, raqobat kuchli jarayon bu. Xalqaro talabaning mahalliy institut yoki kasalxonaga ishga kirishi juda qiyin, chunki avvalo amerikalik mutaxassislarga o’rin beriladi. Biroq iloji yo’q narsaning o’zi yo’q. Puxta reja, tayyorgarlik ko’rish kerak”, - deydi Fotima.

Rejalashda haqiqatda gap ko’p, ayniqsa, Amerika tibbiyot dargohlariga kirishni xohlagan xalqaro student uchun. Vatanda o’qigan fanlaringiz inobatga olinsa-da, Qo’shma Shtatlarda ham ta’lim olganlik muhim shartlardan, deydi Pol Vayt:

“Qo’shma Shtatlarda kamida bir yil biror kurslarda o’qishsin. Ularning baholarini, muvaffaqiyatini tekshiramiz. Agar bu kurslarni yaxshi baholarga tamomlay olsa, tibbiyot kollejiga kirish testlarida a’lo baholar olishsa, bemalol o’qishni boshlayverishlari mumkin”.

Hindistonlik Karum Arora oftalmologiyadan bilim olayapti, to’rtinchi kurs talabasi. U bakalavr darajasini va ikki yillik amaliyotni Jons Xopkins institutida o’tagan. Bugun bu dargohda tibbiyotdan tahsil olishda davom etayapti.

“Ikki yillik amaliyot davrida juda tajribali muallim-mutaxassislar qo’lida bilim oldim. Buning uchun toabad minnatdorman. Ular Jons Xopkins universiteti tibbiyot fakultetiga kirishimda ko’maklashdi, oftalmologiyaga doir loyihalarim, rezidenturani o’tayotgan paytim doim qo’llab yuborishdi”, - deydi Arora.

Rasmiylar chet ellik talabaga vatanda tibbiyot maktabini tamomlagach, AQShda rezidenturaga hujjat topshirishni yoki balakavr yillarida Amerikaga kelishni tavsiya qiladi. Har qanday holatda, bu mamlakatda shifokor bo’lish uchun murakkab sinovlardan o’tish va mo’may moliya sarflash kerak bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG