Breaking News

"Ozodlik uyi": Demokratik davlatlarda ham matbuot bosim ostida


3-may – Xalqaro matbuot erkinligi kuni. Parijdagi “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti ketidan Vashingtondagi “Freedom House”, ya’ni “Ozodlik uyi” tashkiloti ham matbuot erkinligiga doir hisobotini chop etdi. Hisobot “Qalamga hujum” deb ataladi.

"Ozodlik uyi": Demokratik davlatlarda ham matbuot bosim ostida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:55 0:00

Har ikki tashkilot 2017-yilda muxbirlarga ham demokratik, ham nodemokratik mamlakatlarda ishlash qiyin bo’lganini ta’kidlaydi. Ayniqsa ijtimoiy sahifalar va onlayn platformalarda ishlovchi jurnalistlarga bosim, tazyiqlar qo’yilgani aytiladi.

Guruh millatchi va populist liderlarni jurnalistikaga tahdid deb biladi, ularning siyosatini tanqid qiluvchi maqolalarni soxta yangilik deb inkor etishlarini qoralaydi.

“Freedom House”ga ko’ra, AQSh Prezidenti Donald Trampning “matbuot – Amerika xalqining dushmani” degan gaplari, muxbirlar bilan tarang aloqalari jurnalistikaga ishonchni pasaytirdi.

Hisobotda Xitoyda internet-senzura va nazorat kuchaygani, bir necha bloger va ijtimoiy sahifa yuzerlarining tanqidiy izohlari uchun hibsga olingani ta’kidlanadi.

Rossiya, Gruziya, Qirg’iziston va qator boshqa mamlakatlarda muxbirlarning qamalishi, katta jarimaga uchrashi, ta’qib etilishi xavotir bilan tilga olinadi.

Guruh jurnalistlarning hukumatlardagi qonunbuzarliklar, korrupsiya, amaldorlarning lavozimini suiiste’mol qilish holatlarini fosh etishdagi jonkuyarligini bayon qiladi. Masalan, Slovakiyada muxbirlar hukumatning mafiya bilan aloqasiga, Janubiy Afrikada prezidentning poraxo’r faoliyatiga, AQShda Oq uy rasmiylarining davlat pulini xususiy maqsadda sarflashganiga doir materiallarni fosh etishlarga misol tariqasida keltiradi.

“Freedom House” 2018-yilda bir necha davlatda matbuot erkinligi bilan bog’liq vaziyatni yaqindan kuzatishni tavsiya qiladi. Bular Kastrolar sulolasidan bo’lmagan prezidentni saylagan Kuba, iyulda parlament saylovlariga hozirlanayotgan Meksika, matbuotni o’z nazoratiga olishga kirishgan partiya boshqaruvi ostidagi Polsha, jurnalistlarga jismoniy hujum va ta’qiblar kuchaygan Zambiya hamda matbuot erkinligi va ochiqlik tomon katta qadamlar tashlayotgan O’zbekiston.

Aytish joiz, O’zbekistonni “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti ham maqtagan. Yillar davomida qattiq senzura ostida bo’lgan mamlakat yangi rahbar boshqaruvi ostida iqtisodiy va siyosiy islohotlarga yuz tutmoqda, bir paytlar mahalliy matbuotda tilga olinishi man qilingan mavzular bugun bemalol muhokama etilmoqda. Shunga qaramay, har ikki tashkilot xulosa chiqarishga shoshmaslikka, islohotlar rivojini kuzatishga chaqiradi.

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG