Breaking News

Beton ishlab chiqarishda atrof-muhitga g'amxo'rlik qiluvchi kompaniyalar


"CarbonCure" asoschisi va rahbari Rob Niven
"CarbonCure" asoschisi va rahbari Rob Niven

AQSh Prezidenti Jo Bayden iqtisodiyotni ko’tarish, ish o’rinlarini yaratish, iqlim o’zgarishiga qarshi kurash maqsadida infratuzilmani yaxshilash va qayta qurishga qaratilgan 2,3 trillion dollarlik qonun loyihasini Kongressdan o’tkazishga harakat qilmoqda. Biroq yo’llar, ko’priklar va boshqa infratuzilmani qurishda ishlatiladigan beton issiqxona gazlarining eng katta manbai hisoblanadi.

Beton ishlab chiqarishda atrof-muhitga g'amxo'rlik qiluvchi kompaniyalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:34 0:00

“CarbonBuilt” deb nomlangan kompaniya beton bloklarini maxsus retsept bo’yicha maxsus pechda kuydiradi.

"Bu pechning uydagi konveksiya pechlaridan farqi shundaki, biz karbonat angidridni tutun gazi shaklida qo’shamiz. Elektrostansiya trubalaridan chiqadigan tutunni tasavvur qiling. Biz shuni konveksiya pechlariga solamiz. Oxirida esa karbonat angidrid bilan to’ldirilgan holda chiqadi”, - deydi kompaniya asoschisi Gaurav Sant.

Karbon dioksidi esa mana shu bloklar ichida qolib ketadi. Beton tayyorlashda juda ham ko’p miqdorda karbonat angidrid ajralib chiqadi.

Beton shag’al va qum qorishmasi bo’lib, uni sement bog’lab turadi. Sementni tayyorlash uchun ohaktosh 1500 darajada kuydiriladi. Olov karbonat angidridning hosil bo’lishiga olib keladi, qizigan ohaktoshdan yanada ko’p karbon dioksidi ajraladi.

Har bir tonna betonni tayyorlash jarayonida bir tonna karbonat angidrid hosil bo’ladi.

Dunyoda aholi soni oshgani sari qurilishga talab ham oshmoqda, deydi Michigan universitetidan Volker Sik.

"Betonni xavfsizroq tayyorlash yo’llarini topmasak, muammo bilan yuzlashamiz”, - deydi olim.

“CarbonBuilt” aynan xavfsiz usul bilan beton ishlab chiqaradigan kompaniyalardan biridir.

Shirkat qo’llaydigan usul natijasida karbonat angidrid sementning ichida qolib ketadi. Demak, atmosferaga kamroq zararli gaz chiqariladi, deydi yana bir shunday kompaniya rahbari Jennifer Vagner.

"Karbonat angidrid betonni mustahkamlaydi ham. Ya’ni bunga kamroq sement qo’shish hisobiga erishsa bo’ladi, sement esa betonning eng ko’p uglerod talab qiladigan komponentidir”, - deydi Vagner.

Kamroq sement kamroq karbonat angidrid demakdir. Pul ham tejaladi. Bu esa xaridor orttirishga yordam beradi.

"Hamma yashil narsa qurgisi keladi, ammo ko’p pul to’lashni xohlamaydi”, - deydi Vagner.

Beton tayyorlashning yangicha usuli zararli gazlar chiqindisini kamaytirishga yordam beradi.

“CarbonBuilt” va “CarbonCure” kompaniyalari karbonat angidridni tayyor mahsulotga aylantirgani uchun yaqinda bu sohada mukofotga sazovor bo’ldi.

"Potensial bor, albatta. Buni hamma joyda ham tatbiq etish mumkinmi hozir? Bunga hali bor”, - deydi professor Volker Sik.

"Dunyo bo’ylab bu texnologiyadan har kuni foydalanayotgan 300 tacha zavod bor. Zavodlarning umumiy soni esa 100 mingtacha. Ya’ni xamir uchidan patir”, - deydi Vagner.

Texnologiya borgan-sari ommaviylashmoqda. “Solidia” kompaniyasi aynan shu jarayon yordamida beton qoplamasini tayyorlab sotmoqda.

Biroq beton dunyoda eng ko’p tarqalgan sun’iy material ekan, uning iqlimga og’ir ta’sirini kamaytirishga hali ancha vaqt bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG