Britaniya, Fransiya va Germaniya yirik bizneslarga ko’proq soliq solmoqchi.
Moliyaviy qiyinchilik davrida ular iqtisodga ko’proq hissa qo’shishi kerak, deydi bugun Moskvada uchrashgan Katta Yigirmalik vakillari.
Moliya vazirlari ishtirokida o’tgan muzokaralarda yuqorida tilga olingan uch davlat o’z yangi rejalarini e’lon qildi.
Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti, Parijda asoslangan xalqaro organ, bugungi vaziyatni o’rganib chiqib, katta korporatsiyalar iloji boricha kamroq soliq to’lashga o’rgangan, deya hisobot bermoqda. Ular shunday usullardan foydalanmoqdaki, daromad asosan kam soliq oladigan davlatlarda qilinadi va korxonalar shu mamlakatlarga ataylab ko’chiriladi.
Britaniya Moliya vaziri Jorj Osborn bugungi yig’inda bir narsani tan oldi: qirollikda mavjud soliq qonunlari deyarli bir asrdan beri yangilangan emas.
Bu hujjatlarda bugungi global dunyo, raqobat va biznes yo’llari hisobga olinmaydi, qonunlar eski va zamon talablariga javob bermaydi, deydi Osborn.
Yirik kompaniyalar esa qonunga bosh egib kelayotganini, soliq to’lashdan qochmasligini bildirmoqda.