Breaking News

Katta Yigirmalik - iqtisodiy va siyosiy loyihalar forumi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda Katta Yigirmalikka a'zo davlatlar sammitini ochdi, 6-sentabr, 2013-yil
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda Katta Yigirmalikka a'zo davlatlar sammitini ochdi, 6-sentabr, 2013-yil
Bugun Sankt-Peterburg shahrida Katta Yigirmalikka a’zo davlatlar rahbarlari uchrashmoqda. Forum iqtisodiy bo’lgani bilan kun tartibidagi asosiy mavzu Suriyadagi vaziyat.

Shunga qaramay, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotga urg’u berishga harakat qilmoqda.

Prezident Barak Obama bugun Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe bilan uchrashib, Tinch okeani savdo shartnomasi xususida gaplashdi. Uning aytishicha, bitim imzolansa, unga a'zo 12 mamlakat bir-biriga bozorlarini ochadi.

"Shartnomaga doir muzokaralar davom etmoqda, umid qilamizki, ularni shu yili tugatishga muvaffaq bo'lamiz", - dedi Obama.

Muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topsa, bu AQSh tarixida eng yirik savdo bitimi bo'ladi. Bruneyda o'tgan so'nggi muzokaralarda Amerikaning farmatsevtika sanoatini himoya qilishga doir masalalar yechimsiz qoldi.

Yaponiya qishloq xo'jaligi mahsulotlariga oid tarif xususida ham e'tiroz bildirgan. Yangi muzokaralar shu oy oxirida AQShda o'tadi.

Qo’shma Shtatlar foiz stavkalarini ko’tarar ekan, Katta Yigirmalikka a’zo davlatlar Sankt-Peterburgda ishsizlikka qarshi kurash, global iqtisodiyotni ko’tarish xususida fikr almashmoqda.

AQSh iqtisodiy rag’bat dasturlariga barham bermoqchi, bu esa qimmatbaho qog’ozlar bozorini tushirib, Katta Yigirmalik tarkibidagi Braziliya, Hindiston, Indoneziya, Turkiya va Janubiy Afrika iqtisodiyotlariga salbiy ta’sir qilishi kutilmoqda.

Shu sabab sammit davomida ishtirokchilar Qo’shma Shtatlardan moliyaviy siyosatiga o’zgartirish kiritishdan oldin ular bilan maslahat qilishni so’raydi. Sammit ertaga ishini yakunlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG