Breaking News

HAMAS, Isroil sulhga erishdi


Falastin tomonining bildirishicha, Misr vositachiligida G’azoda otishmani to’xtatishga kelishilgan. Isroil ham buni tasdiqlagan.

HAMAS vakili Sami Abu Zuhrining G’azodan ma’lum qilishicha, Qohira bu haqda yaqin ikki soatda rasman e’lon qilishi kerak.

Misr hukumati, xususan, yetti haftalik bu adovatni butunlay bas qilishga, G’azo blokadasini bas qilishga da’vat etib keladi.

Falastin rasmiylarining aytishicha, Isroil amalga oshirgan oxirgi havo hujumi ikki kishini hayotdan olib ketgan. G’azo shahridagi 15 qavatli bino nishonga olinib, kamida 20 kishi jarohatlangan. Isroil hududda HAMAS vakillarini urganini, oddiy odamlarni bu joylarni tark etish haqida oldindan ogohlantirganini aytmoqda.

Isroilning da’vosicha, G’azodan turib Isroilga raketalar yog’dirilishda davom etayapti. Ulardan biri Tel-Aviv uzra, mudofaa sistemasi yordamida urib tushirilgan.

Misr, bu orada, HAMAS va Isroilni muzokara stoliga qaytib, 8-iyuldan beri tinmayotgan olishuvga barham berishga da’vat etayapti. Misr, xususan, G’azoga yo’lak ochishni va insonparvarlik yordami, qurilish xomashyosini yetkazishni taklif qilmoqda.

Ixtilof ikki oy ichida 2100 dan ziyod odamning boshini yedi, aksariyati falastinliklar, salkam 500 nafari bolalar. 68 isroillik halok bo’ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG