Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Suriya muammolariga yechimni tashqi kuchlar emas, xalqning o'zi taklif etishi kerak.
Shanba kuni Jenevada yirik davlatlar Kofi Annan tinchlik rejasi xususida fikr almashadi.
"Rejaga qarab ish tutishimiz lozim. Unda zo'ravonliklarni bas qilib, milliy muloqotni boshlash shartlari aniq ifoda etgan", - deydi Lavrov.
Rossiya tashqi ishlar vaziri ertaga Sankt-Peterburgda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan Suriyadagi ahvolni muhokama qiladi.
Lavrov nazarida Jenevadagi muloqotga Suriyaga ittifoqdosh Eronni ham taklif etish kerak, chunki islomiy davlatning mintaqada o'ziga yarasha nufuzi bor.
Suriya prezidenti Bashar al-Assadga qarshi kurashayotgan kuchlarni qo'llab-quvvatlayotgan Saudiya Arabistoni ham Jenevaga taklif etilmagan.
Muloqotga BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a'zosi, Turkiya va Arab Ligasi vakillari chaqirtirilgan.
Suriyadagi asosiy muxolif guruh sanalgan Milliy kengash Assadning hokimiyatdan ketishini o'z ichiga olmagan hech bir rejani qabul qilmaymiz, demoqda.
O'tgan hafta qiruvchi samolyoti Suriya tomonidan urib tushirilgan Turkiya harbiy texnikasini chegara yaqiniga joylashtirgan. Bu ehtiyot choralari, deydi turk rasmiylari.