Germaniyada yashovchi ozchilikdagi millatlarning eng ko’p sonlisi turklardir. Ayrim mutaxassislar fikriga ko’ra, turk muhojirlarining aksariyat erkaklari o’z madaniyati tufayli nemis jamiyatiga qo’shilmaydi. Berlinda tuzilgan bir guruh turk erkaklariga bu muammolarini hal etishda yordam bermoqchi.
Kozim Erdog’anning idorasi Berlinning bir burchagida joylashgan. 60 yashar bu odam shahar ma’muriyatining bolalar nafaqasi bilan shug’ullanadigan bo’limida ishlaydi. Bo’sh vaqtlarida esa muhojir erkaklarga maslahatlar berib turadi.
Erdog’an bu ish bilan 2007-yildan beri shug’ullanadi. Avvaliga ikki kishi keldi, xolos. Bugun esa 80 dan ortiq erkak qatnaydi. Erdog’an muhojirlarni birlashtirib, bir-biriga yordam berishga da’vat etib keladi.
Guruh har dushanba uchrashib, suhbat turk tilida olib boriladi, chunki aksariyat muhojirlar nemis tilini bilmaydi. Kozim Erdog’an ba’zida vositachi bo’lsa suhbatda, ba’zida o’zi maslahat beradi. Guruh a’zolari farzandlarga maktabda yordam berishdan qizlarini uzatishgacha yoki oila sharafi uchun qasos olishgacha bo’lgan mavzularda gaplashadi.
Murat Tash 40 yoshda bo’lib, Sharqiy Anatoliyadan chiqqan. U guruhning eng faol a’zolaridan bo’lib, oilada zo’ravonlikka qarshi uyushtirilgan marshlarni tashkillashtirishda Kozim Erdog’anga katta yordam bergan.
Tash ba’zida ishxonadagi turk do’stlarini uchrashuvlarga olib keladi. Ulardan biri to’rt farzandning otasi bo’lib, turmush o’rtog’ini urib yurar ekan. Avvaliga masalani yolg’iz Kozim bilan muhokama qila boshladi. So’ng maslahat olish uchun turmush o’rtog’ini ham olib keldi. Murat Tashning aytishicha, bir necha oydan so’ng ko’zlari yoshga to’lgan er boshqa erkaklar oldida xotinidan uzr so’radi.
Turkiyaning Berlindagi bosh konsuli Bashar Shen yaqinda guruh bilan uchrashdi.
"Ijtimoiy muammolarni hal etishda bu guruhning xizmati katta. Ayrimlari Germaniyada 30, 35, 40 yil yashab qo’yib, tajribasini ishga solmoqda", - deydi konsul.
Guruh paydo bo’lgunga qadar Germaniyadagi muhojir turk erkaklari o’zaro aloqa qilmay, muammolari bilan yolg’iz o’zlari yuzlashardi. Natijada oilada ko’p janjal bo’lardi.
Kozim Erdog’an uning ish uslubi doim ham natija bermasligini tan oladi. Biroq muammolar haqida ochiq gaplashish muhimligini turk erkaklari va o’smirlariga tushuntirish orqali bu metodika muhojir jamoalardagi sukut saqlash madaniyatini o’zgartirishga yordam beradi, deydi u.