Breaking News

Muzliklar haddan tez erimoqda - yangi hisobot xulosasi


Yevropaning “Kriosfera” ilmiy jurnalida chop etilgan so’nggi izlanish natijasiga ko’ra, dunyo bo’ylab muz 1990-yillarga qaraganda ancha tez erib bormoqda. So’nggi chorak asrda dengiz, muz qatlamlari, muzliklardan 28 trillion tonna muz erigan. Erish sur’ati 1990-yillar o’rtalaridagi ko’rsatkichga qaraganda 57 foizga ko’pdir.

Antarktida, Grenlandiya va tog’lardagi muzliklarning erishi oqibatida so’nggi salkam 30 yilda okeanlarda suv ko’payib, dunyo bo’ylab o’rtacha dengiz sathi 3,5 santimetrga ko’tarilgan.

Arktikadagi muzliklar erishi bilan quyosh nurlari atmosferaga qaytmasdan muzliklar ostida bo’lgan quyuq suvlar tomonidan yutilib ketmoqda. Bu esa mintaqa haroratining oshishiga sabab bo’lmoqda.

Niderlandiyada iqlim o’zgarishiga qarshi xalqaro anjuman onlayn formatda o’tkazilmoqda. AQShning 2015-yilgi Parij bitimiga qaytishi atrof-muhit muhofazachilariga umid bag’ishlamoqda.

Amerika prezidentining iqlim bo’yicha maxsus elchisi, sobiq davlat kotibi va senatori Jon Kerrining “Iqlimga moslashish” sammiti ishtirokchilariga murojaat qilishicha, Prezident Bayden iqlim o’zgarishiga qarshi kurashni ma’muriyatining ustuvor vazifalaridan deb belgilagan.

“Hozirgi prezidentimiz mamlakatni boshqarishga, haqiqatni so’zlashga, ushbu mavzu bilan shug’ullanishga qodir rahbardir. Qo’shma Shtatlar 2050-yilga borib zararli gazlarning atmosferaga chiqarilishini nolga tushirishni maqsad qilgan”, - dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG