Breaking News

Xalqaro koalitsiya Iroqni tark etadi. AQSh hali-beri ketmoqchi emas


Iroqda “Islomiy davlat”ga qarshi kurashgan xalqaro koalitsiya bu mamlakatda harbiy missiyasini yakunlamoqda. Jarayon ikki bosqichdan iborat bo’ladi. AQSh qo’shinlari Iroqda qoladimi yoki soni o’zgaradimi, hozircha ma’lum emas, biroq amerikalik rasmiylar bu Daishga qarshi amaliyotlarga ta’sir qilmasligini bildirmoqda.

Xalqaro hayot - 30-sentabr, 2024-yil - Isroil “Hizbulloh”ni boshsiz qoldirdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:37 0:00

“Islomiy davlat” 10 yil oldin Iroq va Suriyada hukm surgan edi.

AQSh va unga qo’shilgan ayrim mamlakatlardan iborat koalitsiya Iroq hukumati va Suriyada kurdlar bilan hamkorlikda terrorchilarga jiddiy zarba berdi.

“Islomiy davlat” mag’lubiyatga uchrashi bilan AQSh Iroqda taxminan 2500 askarini qoldirib, mahalliy askarlar harbiy tayyorgarligi bilan shug’ullandi, ularga aksilterror amaliyotlarda yordam berdi.

“Missiya global koalitsiyadan Iroq hukumati bilan ikki tomonlama xavfsizlik sherikligiga o’zgarmoqda”, - deydi Pentagon matbuot kotibining muovini Sabrina Singx.

Rasmiy AQSh qo’shinlari Iroqdan olib chiqilishini e’lon qilmadi, qancha askar qolishi va qayerda joylashishi ham ma’lum emas.

“AQSh Iroqdan chiqayotgani yo’q. Bu masalada boshqa ma’lumot bera olmayman”, - dedi Singx.

Kelishuvning birinchi bosqichida koalitsiyaga kirgan mamlakatlar bir yil ichida Iroqdan o’z askarlarini olib chiqishi kerak bo’ladi. Ikkinchi bosqichda esa Iroqda qolayotgan xorijiy qo’shinlarga qo’shni Suriyada terrorga qarshi kurashga qaratilgan harakatlarni qo’llab-quvvatlashga kamida bir yil muhlat beriladi.

Iroq mudofaa vaziri amerikalik askarlar ikki yil ichida mamlakatdan chiqishi kerak degan, biroq Bosh vazir Muhammad Shia al-Sudaniy harbiy hamkorlik davom etishiga ishora qilgan.

Tahlilchilar terror guruhlari qayta kuchga kirayotganini aytadi.

“Vaziyatni yaqindan kuzatayotgan mutaxassislar bu kuchlar jonlanib, Furot daryosining narigi tarafiga o’tishi haqida ogohlantirib kelgan, ularning Iroqqa kirishi bashorat qilinmoqda”, - deydi Vashintondagi Yaqin Sharq institutidan Charlz Lister.

AQSh Iroq va Suriyada “Islomiy davlat”ning 2500 ga yaqin jangarisi borligini, 2023-yilda bayon qilingan hujumlarini ikki baravar oshirishga hozirlanayotganini bildirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG