Xitoy birjalarida aksiyalar bahosining tushgani Osiyo moliya bozorlarida qimmatbaho qog'ozlarning 7,6 foizga arzonlashishiga olib keldi.
Shanxay, Tokio, Gonkong birjalarida aksiyalar qiymati pasaygan bo'lsa, Britaniya, Germaniya va Fransiyada ikki foizga oshgan.
Xitoy iqtisodiyotining sekinlashishi dunyo bozoriga salbiy ta'sir qildi, neft yanada arzonlashdi. Kecha AQSh moliyaviy bozorlari ham buning ta'sirida salkam 4 foiz zarar ko'rgan.
Mutaxassislarga ko'ra, 2009-yildan beri aksiyalar uch baravar qimmatlaganidan so'ng bozor o'zini tuzatishga kirishgan. Shunda aksiyalar asl narxiga tushadi, deydi moliyaviy ekspertlardan biri.
Bu tuzatishlar sarmoyadorlarni xavotirga solishi aniq, biroq iqtisodiyot uchun bu sog'lom jarayon bo'lib, aksiyalarning haddan ziyod ko'tarilishiga yo'l qo'ymaydi. Sarmoyadorlar endi aksiyalarni arzon narxda sotib olishiga qulay imkoniyat mavjud.