Amerikaning televideniye va kino ustalari Gollivud va ish joylarida jinsiy tegajog’likka qarshi tashabbusni qo’llab-quvvatlash maqsadida yakshanba kuni “Oltin Globus” taqdimot marosimiga qora kiyimda kelishdi.
O’tgan yili sohaning qator taniqli vakillariga shu kabi ayblovlar qo’yildi. Xususan, prodyuser Xarvi Vaynstaynga qarshi bir necha ayol da’vo qildi.
“Oltin Globus” olib boruvchisi Set Mayers kechani Vaynstaynni tilga olish bilan boshladi.
“Muammo haqida ochiq gapirish vaqti keldi. Xarvi Vaynstayn bugun oramizda yo’q. Aytishlaricha, u bilan ishlash qiyin ekan. Menimcha, bu olamdan o’tganidan so’ng marakasida u haqda yaxshi gaplar bo’lmaydi”, - dedi Mayers.
Taqdimot marosimida xizmatlari uchun “Sesil Demil” mukofotini olgan aktrisa, prodyuser va teleyulduz Opra Vinfri 70 yil oldin oq tanli erkaklar tomonidan zo’rlangan qora tanli ayolni esga oldi.
“Uning hayotini barbod qilishga uringan erkaklar aslo jazoga tortilmadi. Reysi Teylor 10 kun oldin vafot etdi. Salkam 98 yoshda edi. U va, jumladan, biz ham hayotimizning katta qismini qudratli va yovuz erkaklar tomonidan buzilgan muhitda o’tkazyapmiz. Shu paytgacha ayollarning nidolarini eshitishmagan, ular gapirishga botinolmagan ham. Ammo endi bunday bo’lmaydi”, - dedi Opra Vinfri.
“Oltin Globus” kechasida aktrisalardan tashqari jinsiy va irqiy tenglik kurashchilari ham ishtirok etdi.
Facebook Forum