Yaqinda San-Fransisko shahrida dunyodagi eng muhim mukofotlardan birining g’oliblari e’lon qilindi - Atrof-muhit muhofazasi bo’yicha Goldman sovrini. Olti mintaqadan tanlangan insonlarning har biriga 175 ming dollar hadya qilinadi, ishlarini davom ettirishi uchun.
Janubiy Afrikaning Durban shahridagi neft qayta ishlab chiqarish zavodidagi portlash Desmond D’Sa ismli fuqaroni faollikka yetakladi. Aholi shu qadar zarar ko’rdiki, chidab tura olmadi u. Ekologiya zaharlandi. Astma va saraton keng tarqaldi. Desmond D’sa muammoni ko’tarib chiqishga qaror qildi.
“Propaganda boshladik. Siyosatchilarga chiqdik. Tarixda ilk bor mamlakatimiz sanoatchilarini qilmishi uchun savolga va javobgarlikka tutdik”,- deydi D'Sa.
Bu oson bo’lmadi albatta. Faol kunu tun xavf bilan yuzlashdi, uyiga bostirib kirib, hayotiga tahdidlar qilishdi. Bugun u yangi port loyihasiga qarshi kurashmoqda.
Sumatrada o’rmonlar buzilib, o’rniga neft zavodlari qurilayotgani boshqa bir insonni oyoqqa turg’izdi. Rudi Putra – Indoneziyada tanilgan biolog. 500 gektar yerdagi palma daraxtlari kesilib, sanoat majmuasi barpo etilishiga qarshi harakatga bosh-qosh. Qishloq aholisi va mahalliy rahbarlar uning tomonida. Tabiatni xonavayron qilayotgan - inson, uni asraydigan ham inson.
“Yaqinda biz global kampaniya boshladik. Eko-tizimni buzishga qarshi imzo yig’ayapmiz. Bir yarim millionga yaqin odam bizga qo’shildi hozirgacha…. Indoneziya hukumatiga uzatib, o’rmonlarni asrab-avaylashni talab qilayapmiz”,- deydi Putra.
Rossiyada zoolog Suren Gazaryan Qora dengiz bo’yida sobiq prezident va amaldagi bosh vazir Dmitriy Medvedev oilasi uchun katta saroy qurilayotgani haqida xabar topgach, jamoatchilikni ogohlikka unday boshladi. Uy tabiat qo’riqxonasi hududiga rejalangan edi.
Bu qanday gap axir, deya so’raydi olim.
“Biz ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot ishlari boshlab yubordik. 10 ming odam safimizga qo’shildi. Bu bilan omma rahbarlarning o’zlari qonunlarni buzayotganini qoralab chiqdi, qurilish to’xtasin, dedi".
Medvedev ahdidan qaytdi, ammo endi prezident Vladimir Putin ham shu hududda dacha quradigan bo’ldi. Gazaryan unga qarshi ham bosh ko’tardi. Hayoti xavf ostida qolgach, Estoniyaga yo’l oldi va hozir u yerdan turib faoliyatini davom ettirmoqda.
Atrof-muhit muhofazasi uchun Goldman mukofotiga loyiq topilgan boshqalar – Hindistondan Ramesh Agraval, ko’mir sanoati keltirayotgan zararga qarshi targ’ibot olib bormoqda; Perudan Rut Buendia, tub aholi yashaydigan yerlarda suv ombori qurishga qarshi kurashga yetakchi; Amerikadan Xelen Slachey, tabiiy gaz sanoati qishloq aholisi hayotiga tahdid solayotganini taftish qilayotgan yurist.