Breaking News

AQSh gubernatorlari shtatlarni ochishda ehtiyotkorlikka chaqirmoqda


AQShning ko’plab shaharlarida politsiya zo’ravonligi va irqchilikka qarshi bo’layotgan ommaviy namoyishlar koronavirus epidemiyasining ikkinchi to’lqiniga turtki berishi mumkin degan xavotirlar mavjud. Buni bilish uchun koronavirusni aniqlashga qaratilgan testlarni ko’paytirish kerak, deydi Oq uy rasmiysi.

Xalqaro hayot – 3-iyun, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:59 0:00

“Tinch namoyishlarda qatnashganlar buni o’zi uchun bilib olsa, balki ko’chaga chiqib boshqalarni yuqtirmas”, - deydi koronavirusga qarshi guruh koordinatori Debora Birks.

Virus shu kungacha AQShda 105 mingdan ziyod odamni o’ldirgan, aksariyati oq tanli bo’lmaganlar.

Shu bilan birga, poytaxt Vashington va sakkiz shtatda saylovchilar ijtimoiy masofani saqlagan holda birlamchi saylovlarda ovoz berdi. Barcha 50 shtatda karantin bosqichma-bosqich yumshatilmoqda.

Kolorado gubernatori Jared Polisning aytishicha, shtat qayta ochilishga tayyor turishi uchun federal hukumatdan qanday resurslar ola bilishini bilmoqchi.

“Bu ishni federal hukumat bilan muvofiqlashgan holda qilishni istasak, hamma narsani oldindan bilishimiz kerak. Nimani qachon olamiz yoki olmaymiz. Shunga qarab shtatlar ham kamomadni to’ldirishga harakat qiladi”, - deydi hokim.

Ba’zi shtat va mahalliy rahbarlar virus kuzda qaytib kelsa, odamlarga yana uyda o’tirishni buyurish bilan ish bitmaydi, deydi.

“Yana yopilish bilan muammo hal bo’lmaydi. Kuzda virusning ikkinchi to’lqini bo’lishi mumkinligini hisobga olgan holda tayyorgarligimizni ko’rishimiz kerak. Vaksina chiqmaguncha testlarni ko’paytirish, kasallanganlar bilan aloqada bo’lganlarni aniqlash, ijtimoiy masofani saqlash zarur”, - deydi Arkanzas shtati gubernatori Asa Xatchinson.

Karantin natijasida millionlab odamlar ishsiz qolib, 40 milliondan ziyodi davlatdan ishsizlik nafaqasini olishga ariza bergan. Kongressdagi demokratlarga ko’ra, shu kungacha ajratilgan 3 trillion dollardan oshiq yordam puli yetarli emas.

“Yordamni oshirish kerak”, - deydi Senatda demokratlar sardori Chak Shumer.

Biroq respublikachilar avval ajratilgan yordam samarasini ko’rmoqchi. Qo’shimcha nafaqa bo’yicha muhokamalar iyulda jonlanishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG