Breaking News

AQShda prezidentlikka da'vogar respublkachilar safi yana bittaga kengaydi


Lindsi Grem
Lindsi Grem

AQShning Janubiy Karolina shtatidan respublikachi senator Lindsi Grem prezident saylovlarida qatnashish rejasini bugun e'lon qildi.

Shu bilan respublikachi da'vogarlar soni to'qqiztaga yetdi. Shulardan to'rt nafari amaldagi senatorlar - Ted Kruz (Texas), Marko Rubio (Florida), Rend Pol (Kentuki), Lindsi Grem (Janubiy Karolina).

Grem mutaassib arboblardan hisoblanadi. U AQShning xorijdagi urushlarini qo'llab-quvvatlab kelgan.

Senator Janubiy Karolinaning Sentral shahrida tarafdorlari oldida rejasini e'lon qildi. U Amerika dushmanlarini mag'lub etish uchun prezident bo'lmoqchi ekanini aytdi.

"Qo'shma Shtatlar hecha qachon radikal islom bilan murosa qila olmaydi", - dedi Grem.

59 yoshli senator Prezident Barak Obama tashqi siyosatining ashaddiy tanqidchilaridan. U so'nggi 20 yildan beri Kongressda ishlab keladi.

Saylovlar 2016-yil noyabrida o'tkaziladi. Demokratlar partiyasidan hozircha uch nomzod ma'lum. Bular sobiq Davlat kotibi Xillari Klinton, Vermont shtatida senator Berni Sanders va Merilend shtati sobiq gubernatori Martin Omalli.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG