Breaking News

Xalq referendumda "ha" dab javob bersa, Gretsiya hukumati iste'foga chiqishini bildirdi


Afina banklari yopiq, bankomatda naqd pul yo'q
Afina banklari yopiq, bankomatda naqd pul yo'q

Gretsiyada bugun ham banklar ishlamagan. Mamlakat 5-iyulga belgilangan referendumga hozirlanmoqda. Xalq xalqaro moliyaviy tashkilotlar Gretsiyaga qo'ygan talablarga munosabat bildirishi kerak.

Bugun Xalqaro valyuta jamg'armasiga 1,8 milliard dollarga teng qarzni uzishning so'nggi kuni, biroq hukumat bunga pul yo'q degan. Bankomatlarda naqd pul cheklangan, fuqarolarga o'z hisob raqamlaridan kuniga 60 yevrogacha pul olish ruxsat berilgan. Ammo maxsus nafaqaxo'rlar uchun mingga yaqin bank idoralari ochilgan.

Gretsiyadan yangi qarz berish evaziga maosh va nafaqalarni kesish, ijtimoiy yordam dasturlarini qisqartirish, kommunal xizmatlar uchun to'lovlarni oshirish orqali pul tejash talab qilinmoqda, ammo Bosh vazir Aleksis Sipras bu talablarga qarshi. Uning aytishicha, agar xalq referendumda shartlarga ko'nsa, hukumat iste'fo beradi.

"Biz bu islohotlarni amalga oshirishga jur'at etmaymiz", - dedi u.

Xalqaro valyuta jamg'armasiga qarz to'lanmasa, Gretsiya defoltga uchrab, yevrozonadan haydalishi mumkin.

Sipras yevropalik kreditorlarni hozirgi inqirozda ayblamoqda. Mamlakat yevrozonani tark etishi ehtimoli aytilmoqda.

Gretsiyadagi moliyaviy inqirozga javoban Osiyo, Germaniya va Fransiya birjalarida aksiyalar bahosi uch va undan ko'p foizga tushgan.

Bugun Gretsiya hukumati kreditorlarga so'nggi taklifi bilan chiqqan. Ular taklifni o'rganib chiqishini ma'lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG