Gretsiya sohillari yaqinida yuzlab yo'lovchi ketayotgan kemada yong'in boshlangan.
Hududda kuchli shamol, dovul sababli qidiruv-qutqaruv xizmati kemaga yetib borishi qiyin bo'layapti.
Salkam 500 yo'lovchidan chamasi 150 nafari kemani sog'-omon tark eta olgan. Bugun kunduz parom sohildan 80 kilometr uzoqlashgan payt pastki qavatiga o't ketgan.
Kema Gretsiyadan Italiyaga yo'l olayotgan bo'lgan. Talofatlar haqida aniq ma'lumot yo'q. Qish sovug'ida jonholatda suvga tushgan yo'lovchilar muz qotishi hech gapmas, deydi mutaxassislar.
O'nlab odamlar qutqaruv qayiqlariga tushib tevarak-atrofdagi boshqa kemalarga o'tishga muvaffaq bo'lgan.