Breaking News

O'rta dengizda Turkiya-Gretsiya ziddiyatlari kuchaymoqda


O’rta dengizdagi munozarali hududda gaz koni topilishi ketidan hududga da’vo qilayotgan Turkiya va Gretsiya munosabatlari taranglashib bormoqda.

Xalqaro hayot – 4-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:22 0:00

Anqara dengizda ikki haftalik harbiy mashg’ulotlar boshlagan. Prezident Rajab Toyib Erdog’an Gretsiyani qaroqchilikda ayblamoqda. Bungacha Afina Turkiyaga yaqin orollaridan biriga qo’shin safarbar etdi.

Anqara toqati toq bo’layotganini bildirmoqda.

“Turkiyani sinashyapti. Sinamang! Biz telba xalqmiz. Javobimiz qanday bo’lishini hech kim bila olmaydi. Kutamiz, sabr qilamiz, ammo bir kun javobimiz juda yomon bo’ladi”, - dedi Erdog’anning maslahatchisi Mesut Jashin.

O’rta dengizning sharqiy qismida yirik gaz konining topilishi NATOga a’zo, ammo raqib ikki davlat o’rtasida yoqilg’i uchun kurashga turtki berdi, ko’p yillik hududiy nizoni jonlantirdi.

Gretsiya Turkiyani uning dengiz hududlarida yoqilg’i qidirayotganlikda ayblab, qo’shinlarini mintaqaga safarbar etdi.

Yevropa Ittifoqidagi sherigini qo’llab-quvvatlash maqsadida Fransiya harbiy kemalarini Gretsiyaga yordamga yubordi. Parijning bu qadami Anqarani g’azabga soldi.

“Hududda harbiy kemalar va samolyotlar soni oshib borarkan, mojaro ehtimoli yuqori”, - deydi Afina universiteti eksperti Chingiz Aktar.

Ixtilofning oldini olish maqsadida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ikki a’zo davlat rahbarlarini muloqotga chorladi.

“Turkiya va Gretsiya o’z obro’si, maqomi, yangi dunyo tartibidagi kelajak o’rni uchun raqobatlashyapti. Shu sabab har ikki taraf to’qnashuvga tayyor ekanini bildirmoqda”, - deydi Qodir Xas universitetidan Sarhat Guvench.

Germaniya tashqi ishlar vaziri, AQSh davlat kotibi ham ziddiyatlarni yumshatish maqsadida tomonlarni diplomatik muloqotga chaqirdi.

Qo’shma Shtatlar o’tmishda Turkiya va Gretsiyani to’qnashuvlardan qaytarishga muvaffaq bo’lgan, biroq hozir Vashington prezident saylovlariga hozirlik ko’rarkan, tahlilchilar Prezident Tramp o’rtaga tushmaydi deya taxmin qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG