Breaking News

Grenlandiya muzliklari tezlikda erimoqda


Grenlandiya muzliklari tezlikda erimoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00

Olimlar Grenlandiya muzliklari eriyotganini haqiqiy qiyomat deb tasvirlaydi. Harorat ko’tarilib borayotgani, xususan, shu yoz kuzatilgan rekord ko’rsatkichlar muzlar erishini tezlashtirmoqda.

“DC-3” deb nomlangan samolyot 1942-yilda qurilgan va urushda ishlatilgan. AQShning NASA Fazo agentligi olimlari endi undan ilmiy tadqiqotlar uchun foydalanmoqda.

“Mana bu qutilarda zondlarni olib kelganmiz. Ularni okeanga tushirib, suvning isish darajasi va buning muzliklarga ta’sirini o’lchaymiz”, - deydi Josh Villis.

U NASAning “Eriyotgan Grenlandiya” deb nomlangan loyihasiga rahbarlik qiladi. Villisning komandasi muzliklar uchun eng katta tahdid nima ekanini aniqlamoqchi: yuqoridagi iliq havomi yoki pastdagi iliq suv? Buning uchun muzga zond tashlanadi.

“Zond tashlanganidan keyin bizga signal yetib keladi. Vosita ishlab turganidan dalolat bu”, - deydi olim.

So’ng kuzatuv boshlanadi.

“Samolyotdan tashlangan zond 700 metr, ba’zida 800 va ming metr chuqurlikka kirib ketadi”, - deya tushuntiradi loyiha rahbari.

Olimlarga ko’ra, ushbu muz qatlami 20 yil oldingidan ko’ra olti marta tezroq erimoqda.

“Grenlandiya muzliklari ko’z o’ngimizda g’oyib bo’layapti. Bu esa butun sayyoraga ta’sir ko’rsatadi. Okeanlar barchamizniki, bizni o’rab turadi. Bir milliard tonnali muz erisa, butun dunyo bo’ylab suv sathi sezilarli darajada ko’tariladi”, - deydi Villis.

Izlanishdan maqsad - suv qancha ko’tarilishini aniqlash.

“Agar kelasi 50 yoki 100 yilda suv sathining ko’tarilishi tez sur’atlarda ro’y bersa, bu sayyoramizning barcha shaharlariga ta’sir ko’rsatadi. Axir milliardlab odamlar dengiz atrofida yashaydi, o’zgarishlar ularning hayotida darhol seziladi. Bu jarayon allaqachon boshlangan”.

Tadqiqot to’rt yildan beri olib borilmoqda. Olimlarning aytishicha, agar insoniyat hozirgi yo’lida davom etsa, iqlim o’zgarishi oqibatlarini to’xtatish imkonsiz bo’ladi. Masalan, dengiz sathi ko’tarilishidan xavotirga tushgan Indoneziya poytaxtini Jakartadan Borneo oroliga ko’chirish rejasini e’lon qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG