Breaking News

"WikiLeaks" Guantanamo mahbuslariga oid AQSh hukumati hujjatlarini fosh qilgan


"WikiLeaks" Guantanamo mahbuslariga oid AQSh hukumati hujjatlarini fosh qilgan
"WikiLeaks" Guantanamo mahbuslariga oid AQSh hukumati hujjatlarini fosh qilgan

Ularda aytilishicha, mahbuslarning 172 nafari AQSh va ittifoqchi davlatlar xavfsizligiga hali ham tahdiddir.

Internetga maxfiy hujjatlarni chiqarish bilan tanilgan WikiLeaks sahifasi Pentagon va razvedka xizmatlarining AQShning Kubadagi Guantanamo qamoqxonasida saqlangan 700 dan ziyod mahbusga doir yuzlab yangi hujjatlarini oshkor etgan.

Ularda aytilishicha, mahbuslarning 172 nafari AQSh va ittifoqchi davlatlar xavfsizligiga hali ham tahdiddir. 600 mahbus shu kungacha ozod etilgan yoki boshqa davlatlarga topshirilgan. Uchdan bir qismida zo’ravonlikka qayta qo’l urish ehtimoli yuqori ekani aytiladi.

Ayrim nashrlar WikiLeaks dan olingan ma’lumotlarni bugun chop etgan. Ularga ko’ra, 150 dan ziyod mahbusning aybsiz ekani aniqlangan.

AQSh Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hujjatlarning internetda e’lon qilinganini qoralamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG