Breaking News

Vrachlar: Guantanamo mahbuslari xolis tibbiy ko’rikka haqli


O’nlab shifokorlar Guantanamo qamog’ida ochlik e’lon qilgan mahbuslar uchun xolis tibbiy yordam so’rayapti.

Mustaqil, xolis tibbiy yordam haqidagi da’vat shu hafta Britaniyaning “Lancet” tibbiy jurnalida chop etildi.

Guantanamo mahbuslari xolis tibbiy yordam so'radi/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00
Yuklab oling

Ochiq xatni imzolagan vrachlardan biri Frank Arnold.

“Mediklar jamiyatining axloqiy qonun-qoidalariga ko’ra, bemorni xohishiga qarshi, majburlab davolash tajovuz bilan teng. BMT va Jahon tibbiyot uyushmasi tan olgan qonun bu”, - deydi u.

Guantanamoda 166 mahbus saqlanadi. 100 dan ziyodi ochlik e’lon qilgan, ayrimlari besh oydan beri tuz totmay keladi.

Harbiy mulozimlar so’zlariga ko’ra, o’nlab mahbuslarga zo’rlab ovqat berilgan. Burni va tomog’iga shlanga ulanib suyuqlik yuborilgan. Ko’p bandilar buni qiynoq bilan qiyoslaydi.

O’tgan oy 13 mahbus Britaniyaning “Gardian” gazetasiga xat yozib oddiy shifokorlar ko’rigidan o’tishni iltimos qilgan. Ularning aytishicha, harbiy vrachlar mahbuslarni majburlab ovqatlantirmoqda. Bu shifokorlarga ishonch yo’q, deyiladi maktubda.

Doktor Arnoldning aytishicha:

“Ochlik e’lon qilgan odam o’zi ishongan shifokorga ko’rinishga haqli. Pentagon va qamoqxona qo’mondonlari buyrug’i bilan ishlovchi doktorlarga ular suyana olmaydi”.

Qamoqdagilar tanqidi shuki, hukumat terrorizmda gumon qilinayotgan shaxslar ishini sudga oshirmay saqlab o’tiribdi, aybsiz ekani ayon bo’lgan odamlarni esa ozod qilishga shoshmayapti.

AQSh kapitani, Guantanamo so’zlovchisi Robert Durandning aytishicha, mahbuslar o’ziga ziyon qilmasligi uchun majburlab ovqatlantirilgan. Odamlar sog’-salomat ekanini kafolatlash, to’q ekanini ta’minlash turma ma’muriyatining majburiyati, deydi u.

Duglas Murray Londondagi Genri Jekson tadqiqot guruhi vakili. Uning so’zlariga ko’ra, Guantanamo rasmiylari mahbuslar borasida qaror qabul qilar ekan, chetdan aralashuvga hojat yo’q.

“Xolis kuzatuvchi sifatida aytishim mumkin, Guantanamoda tibbiy xizmat darajasi yuqori. Bu jihatdan aksariyat qamoqxonalardan ustun turadi”, - deydi mutaxassis.

Prezident Barak Obama 2009-yilda endi lavozimiga kirishganida bu turmani yopishga va’da bergan edi.

“Lancet” jurnaliga yo’llangan maktubni 150 dan oshiq shifokor imzolagan, shundan 50 nafari amerikalik.

Guantanamodagi mahburlarga doir maxfiy hujjatlar: Asirlar taqdiri va qamoqxona kelajagi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:40 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG