Breaking News

AQSh mudofaa vaziri Eronni ogohlantirmoqda


AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygel Isroilga safar qilmoqda, Tel-Aviv, 21-aprel, 2013-yil
AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygel Isroilga safar qilmoqda, Tel-Aviv, 21-aprel, 2013-yil
AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygelning aytishicha, Amerikaning Isroilga qurol sotish rejasi Eronga ogohlantirish bo’lishi kerak.

"Tehron atom quroli ustida ishini to’xtatmasa, unga qarshi harbiy chora ko’rilishi mumkinligini bilib qo’ysin", - deydi Xeygel.

Vazir Yaqin Sharq bo’ylab olti kunlik safarga chiqqan. Xeygel Isroil, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Misr va Iordaniyada bo’lib, qurol savdosi, Eron va Suriya mavzularida gaplashadi. Qo’shma Shtatlar Isroilga dushman mudofaa tizimini yorishga qodir ilg’or qurollar, havoda yoqilg’i saqlovchi tankerlar va askarlarni tashish uchun moslangan samolyotlar sotmoqchi.

Isroil Eronni yadro quroli ustida ishlayotganlikda ayblar ekan, Isroil Tehron yadro inshootlariga hujum qilishi mumkinligini aytib keladi.

Jurnalistlarning “Isroil Eronga hujum qilishi mumkinmi” degan savoliga Xeygel “Isroil o’zini himoya qilishga haqli” dedi, ammo uning nazarida muzokaralar uchun hali ham imkoniyat va vaqt bor.

"Eronga qo’yilgan sanksiyalar Tehron yadro dasturini amalga oshirish ishlarini qiyinlashtirmoqda", - deydi Xeygel.

Qo’shma Shtatlar Saudiya Arabistoniga zamonaviy raketalar, Birlashgan Arab Amirliklariga esa F-16 qiruvchi samolyotlarini sotmoqchi. Uch davlat bilan qurol savdosidan Vashington 10 milliard dollar ishlab oladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG