Breaking News

Amerika Mudofaa vaziri Chak Xeygl ishdan ketadi

Qo'shma Shtatlar Mudofaa vaziri Chak Xeygl dushanba kuni Prezident Barak Obamaga ishdan ketish qarorini e'lon qildi.

Obamaning aytishicha, vazir o'tgan oy xizmatini yakunlash fursati yetgani haqida gap ochgan.

Prezident nazarida Xeygl "ishonchli sherik", Ebola va "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda astoydil ishladi.

Obamaning aytishicha, Xeygl "oddiy bir mudofaa vaziri emas". Mana bir necha o'n yildirki, Qo'shma Shtatlar xavfsizligi, askar yigit-qizlar xavfsizligi uchun hayotini bag'ishlagan inson u, deydi prezident.

Xeygl Obama ma'muriyatida yagona respublikachi edi. Mudofaa vaziri sifatida ishlash "hayotimdagi eng sharafli vazifalardan edi" deydi u. Yangi vazir tayinlanguniga qadar Chak Xeygl ishini davom ettiradi.

"Nyu-York Tayms" nashrida yozilishicha, tashqi siyosatdagi ziddiyatlar, xususan, Suriya va Iroqda "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi qonli kurash Xeyglning ketishini tezlashtirgan.

U 2013-yilning fevralida, Leon Panettaning o'rniga kelgan edi. Urush faxriysi, Vyetnamda xizmat qilgan, keyinroq xususiy va davlat sektoriga o'tgan. 1996-yilda Nebraskadan senatorlikka saylangan.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG