Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’an Istanbuldagi Ayasofiya muzeyini masjidga aylantirish qarori ketidan maskan musulmonlar, nasroniylar, xorijliklar uchun ochiq bo’lishini aytdi. Unga ko’ra, Ayasofiya ichida ilk namoz 24-iyul kuni o’qiladi.
Hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasining so’zlovchisi Umar Chelikning aytishicha, namoz vaqtlarida ichkaridagi nasroniy mozaikalar parda yoki lazer nuri bilan to’sib turiladi, boshqa payt to’siqlar olib tashlanadi.
15 asrlik tarixga ega majmua avval nasroniy Konstantinopolda cherkov bo’lgan, usmoniy turklar 1453-yilda shaharni ishg’ol qilganidan so’ng masjidga aylantirildi. 1923-yilda Turkiyada dunyoviy respublika e’lon qilinadi, Ayasofiya esa 1935-yildan shu kungacha muzey vazifasini bajarib kelayotgan edi.
Erdog’anning Ayasofiyani yana masjidga aylantirish qarori Gretsiya, Qo’shma Shtatlar, Rossiya, YUNESKO tashkiloti va qator boshqa davlatlar tanqidiga uchradi. Erdog’an bu qaror mamlakat ichki ishi ekanini aytib, tanqidlarni Turkiya mustaqilligiga hujum sifatida qabul qilishini bildirdi.
Rim Papasi Benedikt XVI bu qarordan taassufda ekanini aytdi.
Facebook Forum