Breaking News

AQSh qamoqdagi ayol faollar himoyasi uchun aksiya boshlamoqda


AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauer "Hashtag FreeThe20" kampaniyasi tashabbusi bilan chiqdi. Bu aksiya orqali u qamoqdagi siyosiy ayol mahbuslarga e'tibor qaratmoqchi. Buning uchun panjara ortida o'tirgan 20 ta ayol haqida ma'lumot ulashiladi.

“Biz o'ylagan bu 20 odam qamoqda o'tirish o'rniga ayollar huquqlari uchun kurashgani, uch haftadan so'ng Nyu-Yorkda shu mavzuda munozaralarda qatnashgani ma'qul edi. Tadbir kuniga qadar har kuni ularning biri haqida ma'lumot berib boramiz - kim ular, qayerdan, nega qamoqda o'tirishibdi, qaysi hukumat ularni ozodlikdan mahrum qildi - shular haqida. Ular "Pekin plyus 20" anjumanida ishtirok etishi kerak edi", - deydi Pauer.

Bu 20 ayolning birinchisi 44 yashar Van Yu. U xitoylik huquqshunos bo'lib, 2008-yilda 2,5 yilga qamalgan edi. Qamoqdan chiqqach, inson huquqlari bilan shug'ullana boshladi, uyg'ur olimi Ilhom To'xtiga advokatlik qildi. Joriy yil iyulida esa u turmush o'rtog'i va 16 yoshli o'g'li bilan qamoqqa tashlandi. O'g'li keyinchalik ozod etildi, ammo qattiq nazorat ostida. Van va turmush o'rtog'iga esa rasmiy ayblov qo'yilgani yo'q hali.

20 ayol orasida o'zbekistonlik huquq himoyachisi Matluba Komilova ham bor. U 2010-yil sentabrida Angrenda qoradori saqlaganlikda ayblanib, hibsga olingan edi. Komilova hozir 55 yoshda. U 2011-yilda 11 yilga qamaldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG