Breaking News

Amerikaliklar bag'rikeng xalq ekanini isbotlamoqda


Pitsburg, Pensilvaniya shtati
Pitsburg, Pensilvaniya shtati

Amerikaga qochoq sifatida kelsangiz, hukumat sizga uch oy davomida yordam ko’rsatadi. Yashash uchun joy topish, ishli bo’lish va yangi mamlakatga o’rganishda ko’maklashadi. Bu jarayonni esa oddiy amerikaliklar yuritadi. Davlat mablag’ ajratadi, xolos.

Qochqinlikdan normal hayotga o'tish oson emas
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:18 0:00

Afg’onistonlik Kozim Hoshimiyning Qo’shma Shtatlardagi har bir kuni yangilikdek. Hamma narsa yot, deydi u. O’rganish oson emas. Ovqat ham yangi, ish ham, hatto u tomosha qiladigan sport turlari ham.

“Oilam uchun ham shunday. Afg’onistonda futbol jinnisi edik. Bu yerda esa umuman boshqacha manzara, sharoit”.

Beysbol o’yini nima ekanini u vatanida tushuna boshlagan, AQSh armiyasida tarjimonlik qilib yurgan paytida. Hayoti xavf ostida qolgach yurtini tark etishga majbur bo’ldi.“2009-yildan ishlay olmay qoldim. Oilamga tahdid kuchaydi. G’arbga ishlayapsan, deb qo’rqitishdi”.

Boshpana olish uchun olti yil ketdi. Nihoyat 2015-yilda uni Amerika qabul qildi. Ingliz tilini bilgani uchun, qolaversa tanishlari borligi sabab boshida uncha qiynalmadi.

Biroq bu yerda hamma o’zi uchun yashaydi. Hech kim tinimsiz yordam bermaydi. Ish topish kerak, tirikchilik qilish kerak. Nohukumat tashkilot madad qo’lini cho’zdi.

“Bu tashkilot muhojirlarga Amerikada yashashni o’rgatadi. Odamlar, siyosat va madaniyat, hammasini astalik bilan tushuna boshlaysiz”, - deydi Hoshimiy.

“Qochoqlar vatanidan majburan chiqib ketganini unutmaslik kerak”, - deydi Sloan Deyvidson, “Salom, qo’shni” degan markaz asoschisi.

Hoshimiy shu yerdan yordam oladi. Tashkilot muhojirlarni amerikaliklar bilan bog’laydi.

“Ajnabiyman deb ajralib qolmasliklari kerak. Ular jamiyatga tezroq qo’shilib ketsa, hayoti osonroq bo’ladi”.

Sayllar, turli maskanlarga sayohatlar, tanishuv marosimlari o’tkaziladi, deydi mahalliy faollardan biri Mishel Boem.

“Bizning madaniy qadriyatlarimizni bilishsin. Naqadar bag’rikeng xalq ekanimizni amalda isbotlashimiz kerak”, - deydi u.

Amerikaliklar oddiy va kamtarin, deydi qochqinlikdan normal hayotga o’tayotgan muhojirlar. Yangi do’stlar orttirasiz, odamlar bir-biridan o’rganadi.“Bolalarimiz deyarli bir yoshda ekan. Ular bugun o’rtoq. Shunday ekan, ko’p vaqtimiz birga o’tadi. Oilalar yaqinlashib, o’zaro ishonch bor”, - deydi Boem.

“Pitsburg shahridamiz. Bu yerda ko’prik ko’p. Shundan kelib chiqib, o’zimizni yangi kelganlar va mahalliy aholi orasidagi ko’prik deb bilamiz. Yurtimizga kelayotganlar yordam olsin”, - deydi Deyvidson.

Kozim Hoshimiy “Salom, qo’shni” tashkilotidan minnatdor.

“Ko’priklar shahri rosti bilan… Juda do’stona”.

Bugunga kelib Amerikaning boshqa qismlarida ham shunday tashkilotlar ko’paygan. Bir-biri bilan hamkorlik qiladi. Barchasi xayriyadan tushgan pul evaziga ishlaydi. Ko’ngillilarga tayanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG