Breaking News

Mard kuchuk oliy mukofot bilan taqdirlandi


Lukka va tarbiyachisi serjant Kristofer Villingem
Lukka va tarbiyachisi serjant Kristofer Villingem

AQSh qurolli kuchlari xizmatidagi kuchuk olti yilda minglab askarlarning hayotini saqlab qoldi. Portlovchi moddalarni iskovchi nemis ovcharkasi Britaniya jamg'armasining oliy mukofotiga sazovor bo'ldi.

Lukka olti yilda 400 dan ortiq vazifaga chiqib, vataniga sidqidildan xizmat qildi. Uning tajribasi va sezgirligi tufayli yuzlab portlovchi moddalar topildi, minglab harbiylar omon qoldi.

Kuchuk bilan shug'ullanuvchi serjant Kristofer Villingem tarbiyalanuvchisi bilan Iroq va Afg'onistonda burchini ado etdi.

“Lukka juda ham aqlli va sadoqatli it. Urush zonasida yetti oy davomida haftasiga yetti kun u bilan vaqt o'tkazsangiz, kuchukka juda ham qattiq bog'lanib qolarkansiz”, - deydi serjant.

Lukka shu qadar mahorat bilan ishlaganki, u vazifaga chiqqanda birorta talafot ro'y bermagan. Sapyor kuchuk 2012-yil martida so'nggi missiyaga chiqib, yo'l chetiga ko'milgan 14 kilogrammli bombani topishga muvaffaq bo'ldi. Qidiruv paytida ikkinchi bomba portlab ketdi. Lukka oldingi chap panjasidan ayrilib, ko'kragi qattiq kuydi.

O'sha payt kuchukka kapral Xuan Rodrigez qarardi.

“Oyog'iga tayoq qo'yib, uni yupatishga kirishdim. "Hammasi yaxshi bo'ladi, omon qolasan, Lukka" dedim”, - deydi kapral.

10 daqiqadan so'ng vertolyot qo'nib, kuchukni operatsiyaga olib ketdi. Oyog'ini kesishga to'g'ri keldi.

12 yashar Lukka xizmatdan ketib, hozir serjant Villingem bilan Kaliforniyada yashaydi. Yaqinda ikkisi Londonga borib, Britaniyaning hayvonlar jamg'armasi Lukkani mardlik medali bilan taqdirladi. Ikkinchi Jahon urushidan beri 67 kuchuk shunday mukofotga sazovor bo'lgan.

“Lukka endi shunchaki kuchukligini qilmoqda - dam oladi, divanda yotadi, o'ynaydi, jangovar vazifa o'rniga oilaviy sayrga chiqadi”, - deydi Villingem.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG