Ko’rpa qavish Amerika hayoti va madaniyatiga yot emas.
Vashingtonda o’tayotgan ko’rgazmada tomoshabin qimmatli va qadim yopinchiqlarni ko’radi.
35 ko’rpaning har birining o’z qissasi bor.
Vatanparvar ruhda qavilgan mana bu ko’rpa 1830-yillardan meros. Unda qavishning murakkab usuli qo’llangan.
Ipak va baxmaldan to’qilgan mana bu adyolning ranglari va bezagi XIX asrda katta mukofotlarga loyiq ko’rilgan.
Vashingtondagi Ayollar san’ati muzeyida (National Museum of Women in the Arts) shunaqa ko’rpadan 35 tasi tomoshaga qo’yildi.
Muzey xodimi Virjiniya Treyner nazarida Amerikada o’tgan bir yarim asrda ko’rpa qavish urf-an’analarini tahlil qilish uchun yaxshi imkoniyat bu.
“Sirma ko’rpalar har bir davlat va elatga xos ekanini bilamiz. Qo’shma Shtatlarda ham shu. Amerikaning tarixi, madaniyatining uzviy bo’lagiga aylanib ulgurlangan”, - deydi u.
Ayollar igna-ipni qo’lga olgani bejiz emas.
“Amerikalik xotin-qizlar qadyol qavishni, ko’ylaklar tikish-bichishni yaxshi bilishi lozim edi. Turmushning muhim shartlaridan biri edi bu. Ayol kishidan chevarlik talab qilinar edim”, - deydi kurator.
Aksariyat xotin-qizlar uchun tikuvchilik san’atning bir ko’rinishi ham edi.
Ba’zi ko’rpalar bir chevarning mahsuloti. Boshqalariga bir necha ayolning mehnati singgan.
1840-yilda tikilgan mana bu yopinchiqda, masalan, har bir ayolning ismi-sharifini ko’rasiz.
1920-yilga qadar qiz-juvonlar ovoz berish huquqiga ega emas edi. Bu holat ham ko’rpalardagi naqshlarda aksini topgan.
“Mana bu tikuvchi Endryu Jaksonning tarafdori bo’lgani ayon”, - deya tushuntiradi Treyner.
Ko’rgazma ayrim yanglish tasavvurlarga aniqlik kiritdi.
“Keng tarqalgan fikr shuki, o’tmishda ayollar kesik matolarni ulab- yamab adyollar tikkan, shu yo’l bilan sovuqda isinishga uringan. Ammo aslida unaqa emas edi”, - deydi muzey xodimi.
Virjiniya Treynerning aytishicha, bu xotin-qizlar o’ziga oila vakillari edi. Ular sifatli mato xarid qilishga qurbi yetgan va erinmasdan tikish-bichish bilan shug’ullangan.
1970-yillar qavima ko’rpalar tarixida hal qiluvchi davr edi – aynan o’shanda bu yopinchiqlar muzeylardan o’rin oldi, san’at asari sifatida e’tirof etildi.
1970-yillarda boshlangan bu jarayon bugun ham davom etayapti. Amerikada 20 million chevar uchun ko’rpa qavish tirikchilik manbai, bir necha million dollarlik sanoat.