Breaking News

Gollivud aktyori hujjatsiz ekanini oshkor qildi


Gollivudning hujjatsiz aktyori
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:17 0:00

Gollivudning hujjatsiz aktyori

Gollivud aktyori Amerikada hujjatsiz yashayotgani, bolaligida kelgan muhojirlarni deportatsiyadan himoya qiluvchi DACA dasturi ishtirokchisi ekanini oshkor qildi.

​DACA dasturi Obama ma’muriyati davrida vaqtinchalik yechim sifatida kuchga kirgan edi. Undan maqsad Amerikaga bolaligida olib kelingan, shu yurtda ulg’aygan hujjatsiz yoshlarning qonuniy yashab ishlashini qo’llab-quvvatlash. Aktyor Bambajan Bamba G’arbiy Afrikadan kelgan shunday muhojirlardan biri.

“Blek Panter”- “Qora qoplon” nafaqat komik kitobga asoslangan so'nggi filmlardan biri, balki aktyor uchun orzular ro’yobini aks ettirgan asar hamdir.

“Bu filmda ishtirok etishni yillab orzu qilganman”, - deydi aktyor Bambajan Bamba.

Gollivudgacha kelish mashaqqati yetmagandek, u uzoq yillar muhojirlik maqomiga oid sirni yashirib keldi.

“Qora tanli muhojirman. Uning ustiga hujjatsizman. Juda ko’p imkoniyatlarni boy berdim. Ba’zan AQSh tashqarisida suratga olinadigan yaxshi rollar, yirik takliflar bo’ladi. Men borolmayman. Hatto Kanadada olinadigan filmlardagi kastingga ham qatlasholmayman”, - deydi Bamba.

Aktyor asli Fil Suyagi G'irg'og'idan. DACA dasturidagi ishtiroki bois Amerikada ishlash huquqiga ega.

Babmaning oilasi AQShga kelganida u 10 yoshda edi. Ular yurtidagi notinchlikdan qochib kelgan.

“Fuqarolik urushi avj olgan, mamlakat parchalanib ketgandi. Minglab odam qurbon bo’lgan”, - deydi u.

Aktyorda DACA orqali qonuniy ishlash huquqi bo’lgani bilan, Gollivudda bu dasturdan bexabarlar ko'p.

“DACA nima o’zi deydi. Tushuntirganim bilan, passporting qani, grin kartang qani deb so’rayverishardi. Menda esa hech biri yoq. Faqatgina ishlashga ruxsatnoma bor xolos, bo’ldi”, - deydi u.

Aktyor immigratsion maqomini oshkor qilsa, o’z ijodiy faoliyatiga xavf solishi mumkinligini biladi.

“Taqdirimni, haqiqatni ochiq aytishga qaror qildim. Ayniqsa, Tramp ma’muriyati DACAni tugatmoqchi ekanini eshitganimdan keyin, yo kurashishim kerak yoki qo’rqib chiqib ketishim kerak. Boshqa ilojim yo’qligini bilardim”, - deydi Bamba.

Prezident Tramp 2017-yil boshida qilgan va’dasidan keyin sentabrda dasturni yopishini aytib, AQSh Kongressidan masalaga yechim topishni so’radi.

“DACA dasturi bilan jiddiy shug’ullanamiz”, - degan edi Prezident Tramp.

“Janob Prezident, sehrli diyor orzumandlari uchun yechim topamiz degan va’dangiz bor edi. Biz sizga ishongan holda hamon umidvormiz”, - deydi Bamba.

Faollar Gollivuddan Bamba kabi hujjatsiz muhojirlarni himoya qilishni so'ramoqda.

“Ommaviy axborot vosilari kuchidan foydalanib, Gollivud yanada ko’proq ish qilishi mumkin”, - deydi aktyor.

amba “Qora qoplon” filmi tufayli o’z sirini oshkor qilmaganini aytadi, ammo kartina uning hayotini tushinishga yordam beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG